Singapurda yangi COVID-19 to‘lqini yuzaga keldi. Hukumat vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda The Straits News xabar berdi.
Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinishlar soni 5-maydan 11-maygacha 25 900 tani tashkil etgan. Bu avvalgi haftadagi 13 700 ta holatdan ancha ko‘p. O‘rtacha kunlik kasalxonaga yotqizilganlar soni yuqoridagi davr bo‘yicha 181 dan 250 taga ko‘tarilgan.
Bemorlarga joy yetishi uchun davlat shifoxonalariga shoshilinch bo‘lmagan operatsiyalarni qoldirish so‘ralmoqda.
Biz koronavirus to‘lqinining o‘sib borayotgan bosqichida turibmiz. To‘lqin keyingi ikki-to‘rt hafta ichida cho‘qqisiga chiqishi kerak. Bu iyun oyining o‘rtalari va oxirgi oralig‘ida kuzatiladi, — dedi sog‘liqni saqlash vaziri Ong Ye Kung.
Izoh (0)