Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 20-may kuni o‘ziga yangi maslahatchi tayinladi. Bu haqda Akorda xabar berdi.
To‘qayevning farmoni bilan Yerulan Kenjebekovich Jamaubayev Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi etib tayinlandi. U ilgari Qozog‘iston moliya vaziri, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2022-yil 4-maydan buyon “Damu” tadbirkorlikni rivojlantirish jamg‘armasi direktorlar kengashini boshqarib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5-fevral kuni Qozog‘iston prezidenti hukumatni iste’foga chiqargan edi. Alixon Smoilov 2022-yil 11-yanvardan Vazirlar Mahkamasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Uning o‘rnini prezidenti administratsiyasi rahbari Oljas Bektenov egallagan. Sobiq bosh vazir esa Oliy auditorlar palatasi raisi etib tayinlangan.
Izoh (0)