Saudiyaning “Al-Ittihod” jamoasi murabbiylik postiga mashhur mutaxassisni jalb etmoqchi.
Maisfutebol xabariga ko‘ra, Saudiya klubi Joze Mourinyo va Massimiliano Allegri variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu mutaxassislardan biri jamoani boshqarish ehtimoli katta.
Portugaliyalik murabbiy nomzodini jamoa sport direktori Ramon Planes ilgari surmoqda.
Qayd etilishicha, Marselo Galyarda jamoa murabbiyligidan ozod etilgan, biroq hali kerakli hujjatlar imzolanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyoning so‘nggi klubi “Roma” bo‘lib, u 2024-yilning yanvarida uni tark etgan. Joze Italiya klubini 2021-yilda qabul qilib olgan edi.
Allegri esa yaqinda “Yuventus”dan iste’foga chiqarildi. Murabbiy 2021-yildan buyon “Yuventus”ni boshqarib kelgan va bu vaqt mobaynida jamoa Italiya Kubogida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)