“Bayer” futbolchisi Florian Virts Bundesliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Yarim himoyachi muxlislar ovoziga ko‘ra eng yaxshisi bo‘ldi. Shuningdek, Virts ramziy terma jamoadan ham o‘rin oldi.
21 yoshli futbolchi liga doirasida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2023/24-yilgi mavsum davomida 3 marta (oktyabr, dekabr va fevral) oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Bayer” 2023/24-yilgi mavsum Bundesligada umuman mag‘lubiyatga uchramasdan, 90 ochko bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)