Oq uy Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyotining qulashida chet el aralashuvi alomatlarini ko‘rmaganini aytdi.
Bu haqda NBC News telekanali AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yuqori martabali xodimiga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyot halokatida jinoiy harakatlar bo‘yicha dalillar yo‘q.
Bundan tashqari, Oq uy Ibrohim Raisiyning halokatidan so‘ng AQSHning Eron bilan munosabatlarida tub o‘zgarishlar kutmasligini ta’kidladi.
Eron prezidenti vertolyoti 19-may kuni Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi Verzegan shahri tog‘li hududiga “qattiq qo‘nish”ni amalga oshirgan. Qutqaruvchilar 20-may kuni vertolyot halokatga uchragan joyni aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, vertolyot “qattiq qo‘nish” chog‘ida butunlay yonib ketgan.
Bortda uchuvchilardan tashqari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Amir Abdullahyon, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshim va Tabriz imomi Muhammad Ali al-Hoshim bo‘lgan.
Izoh (0)