2023-yil oktyabr oyidan beri G‘azoda BMTning falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligining (UNRWA) kamida 198 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda UNRWA komissari Filipp Lazzarini xabar berdi.
1-may holatiga ko‘ra, harbiy harakatlar boshlanganidan beri halok bo‘lgan UNRWA xodimlarining umumiy soni 198 kishini tashkil etdi. BMTning 160 ta obyekti to‘liq yoki qisman vayron qilingan, — dedi Lazzarini.
UNRWA rahbari as-Safadiyning G‘azodagi urush jinoyatlari uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun keng qamrovli va shaffof xalqaro tergov o‘tkazilishini talab qilgan bayonotini qo‘llab-quvvatlagan.
Ha, jinoyat sodir etganlarni javobgarlikka tortish vaqti keldi, — deya ta’kidlagan u.
UNRWA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyatning Isroilni qochqinlarning yarmi boshpana topgan Rafahga hujum qilmaslik haqidagi barcha chaqiriqlariga qaramay, bosqin 6-may kuni boshlangan.
Natijada ikki asosiy o‘tish joyi, Rafah va Kerem Shalom urush zonasiga aylangan va chegaradan gumanitar yordamlar harakati qisqargan. Lazzarini G‘azodagi aholining vayron bo‘lgan uylariga qaytishdan boshqa iloji yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Izoh (0)