Xakerlar Qozog‘iston Energetika vazirligi rahbariyatining messenjerlarini buzib kirishdi.
Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Shingis Ilyosov ma’lum qildi.
“Noma’lum shaxslar Energetika vazirligi rahbariyatining messenjerlarini buzib kirishgan. Buzilgan raqamlar orqali turli xil zararli havolalar, yolg‘on ma’lumotlar va iltimoslar yuborilishi mumkin”, — dedi u.
Vazirlik bunday xabarlarga ishonmaslikni va ularga e’tibor bermaslikni so‘radi.
“Messenjerlarni qayta tiklash bo‘yicha ishlar allaqachon olib borilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik rasmiy vakili.
Izoh (0)