Farg‘ona viloyati Rishton tumanida xavfsizlik choralari ko‘rilmagan metan zapravka gaz ta’minotidan ajratildi.
Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Rishton tumanida joylashgan “Z.M.S.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida AGTKSHlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.
Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab bo‘luvchi omillar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mazkur zapravka tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.
Izoh (0)