Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Jismoniy tarbiya va sport universitetiga 4 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi.
Xabar berilishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chirchiq shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro S.Z. S.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)