AQSH va Yaponiya gipertovushli qurolni ushlab oluvchi qurilma yaratish bo'yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiya qurilma uchun raketa dvigatellari va harakatlantiruvchi komponentlarini ishlab chiqadi.
Pentagon matbuot xizmati xabariga ko‘ra, AQSH va Yaponiya gipertovushli raketani tutib oluvchi qurilmani birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarni tayyorlashni yakunlagan va ularni imzolagan.
Yaponiya va AQSH o'tgan yili bosh vazir Fumio Kisida va prezident Jo Bayden o'rtasidagi uchrashuvda gipertovushli raketalarni tutib olish uchun yangi qurilma yaratishga kelishib olgan edi.
Izoh (0)