O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 mln 519,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,7 ming nafarga yoki 2,1 foizga oshgan.
2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
- Tojikiston — 536,5 ming nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 442 ming nafar;
- Qozog‘iston — 262,6 ming nafar;
- Rossiya — 134,2 ming nafar;
- Turkmaniston — 31 ming nafar;
- Turkiya — 21,5 ming nafar;
- Hindiston — 11,6 ming nafar;
- Xitoy — 10 ming nafar;
- Janubiy Koreya — 7,6 ming nafar;
- Germaniya — 3,8 ming nafar;
- Boshqa davlatlar — 58,5 ming nafar.
Izoh (0)