Daryo

O‘zbekistonga 2023-yilda qancha turist kelgani haqida maʼlumot berildi

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln nafarga oshgan

1 daqiqa o‘qish20 874 ko‘rishlar0 izoh0

2023-yilning yanvar—dekabr oylarida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Infografika: “Daryo”

Maʼlum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln nafarga yoki 26,6 foizga oshgan.

O‘zbekistonga 2023-yilda eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan:

  • Tojikiston – 2155,2 ming nafar
  • Qirg‘iziston – 1757,1 ming nafar
  • Qozog‘iston – 1333,3 ming nafar 
  • Rossiya – 714,3 ming nafar 
  • Turkiya – 106,5 ming nafar
  • Turkmaniston – 100,3 ming nafar
  • Xitoy – 42,5 ming nafar 
  • Hindiston – 45,5 ming nafar 
  • Janubiy Koreya – 37,1 ming nafar 
  • Germaniya – 29,6 ming nafar
  • Italiya – 25,6 ming nafar
  • AQSH – 23 ming nafar
  • Fransiya – 18,6 ming nafar
  • Buyuk Britaniya – 16,2 ming nafar
  • Ispaniya – 15,2 ming nafar
  • Belarus – 15,1 ming nafar
  • Ozarbayjon – 14,7 ming nafar 
  • Yaponiya – 12,4 ming nafar
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar