Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) U.J. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 4,1 mln so‘m pullari nomaʼlum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida tug‘ilgan, Urganch shahrida yashovchi 25 yoshli Q.J sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Q.J. internet foydalanuvchilariga o‘zini Markaziy bankning mutaxassis xodimi sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bank karta maʼlumotlarini qo‘lga kiritib, bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan K.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘rilik, qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)