Namanganda bank kassasidagi 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan ofis boshlig‘i aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat bankining Yangiqo‘rg‘on bank xizmatlari ofisi boshlig‘i D.Sh. kassa xodimlari M.A. va O.T.ga filial kassasidagi 1,5 mlrd so‘mni go‘yoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, ushbu pullarni hech qanday hujjatsiz olib ketib, noqonuniy o‘zlashtirgan pullari hisobidan Chust tumani, “Guliston” MFY hududida qurilgan ko‘p qavatli uydan 3 xonali kvartira hamda Malibu avtotransport vositasini xarid qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)