Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi xavflar tufayli ibuprofen ishlab chiqaruvchilariga preparatni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarga o‘zgartirish kiritishni tavsiya qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Mutaxassislarga ko‘ra, preparatdan nojo‘ya reaksiyalar kamdan-kam hollarda uchrasa-da, xavflidir, shuning uchun bunday dori-darmonlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim. Vazirlik preparat jiddiy teri reaksiyalarini rivojlantirishi mumkinligini aytmoqda.
Gap eritema multiformasi, eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, DRESS sindromi, Kounis sindromi va o‘tkir umumiy ekzantematoz pustuloz rivojlanishi ehtimoli haqida ketmoqda.
Shu sababli ibuprofen ishlab chiqaruvchilardan dori ko‘rsatmalarga bu borada ma’lumotlar kiritish, uni “Nojo‘ya reaksiyalar“ yoki “Ehtimoliy nojo‘ya reaksiyalar” bo‘limida yozish tavsiya etilgan.
Ibuprofen — steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dori. U turli xil og‘riqlar, haroratni pasaytirish, bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining yallig‘lanish kasalliklari uchun ishlatiladi.
Izoh (0)