Moskvadagi Qizil maydonda 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda Rossiya rahbari Vladimir Putindan tashqari to‘qqiz nafar prezident ishtirok etadi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.
Harbiy paradda 9 mingdan ortiq askar qatnashadi, 70 ta yalpi hujum tizimlari ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. Faxriy mehmonlar qatoridan quyidagi davlat yetakchilari o‘rin olgan:
- Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko,
- Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev,
- Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov,
- Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon,
- Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
- O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev,
- Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes,
- Laos Xalq demokratik respublikasi prezidenti Txonglun Sisulit
- Gvineya-Bisau prezidenti Umar Sissoku Embalo.
Davlat rahbarlari Putin bilan birga “Noma’lum askar” qabriga gul qo‘yish marosimida ham qatnashadi.
O‘tgan yilgi harbiy paradda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etgandi. Ehtimol, Armaniston KXSHTga a’zoligini muzlatib qo‘ygani va Rossiya bilan munosabatlari sovuqlashayotgani sababli bu yilgi paradga taklif etilmagan. 2023-yilgi paradda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Belarus yetakchilari ishtirok etgandi. Biroq Lukashenko va Japarov norasmiy tushlikka bormagan.
Izoh (0)