• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Botir — Sheralining o‘g‘li, men tirik guvohman”. Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida

    Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Botir Qodirov va Jo‘rayevlar o‘rtasidagi mojaroga ko‘plab sanʼatkorlar o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Sherali Jo‘rayev hayotligida uning qadrdonlaridan biri bo‘lgan aktyor Erkin Komilov ham o‘zi bilgan haqiqatlarni ommaga maʼlum qildi.

    Foto: Instagram /@erkinkomilov_official

    Biz tirik guvohlardan ikki-uch kishi qoldik, menimcha. Lekin butun Andijon bu haqda biladi. Do‘stim Tohir O‘rinboyev tirik guvohlardan biri, u Sherali Jo‘rayev bilan juda yaqin bo‘lgan. Men uchinchi kurs bo‘lganimda Sherali Jo‘rayev birinchi kursda o‘qirdi. 1979–1980-yillarda O‘ktam Usmonovning “Girdob” videofilmida Aziz Qosimov rolini ijro etgan vaqtlarimda juda katta shov-shuv bo‘lib ketgan. Meni to‘ylarga ko‘p chaqirishardi, ayniqsa, ona yurtim Andijonga ko‘p taklif qilishardi. Sanʼatkorlarga alohida joy qilinardi, bir to‘yda Zulxumor degan qiz davrada raqsga tushgandi. U qizni ilk marta ko‘rishim, o‘zgacha nafosat bilan raqsga tushgandi. U qo‘shiq tugaganidan keyin sanʼatkorlar stoliga kelib o‘tirdi.

    Undan keyin ham juda ko‘p to‘y-tantanalarda uni uchratdim. Charchoqdanmi, bilmadim, u ko‘zini tez-tez pirpiratardi. Bir kuni to‘yda yana uchrashib qoldik. Hurmat yuzasidan o‘rnimdan turib salomlashdim va homiladorligini sezdim. “Zulxumor, homiladormisan?” desam, kulib “Ha, Sherali Jo‘rayevdan bolam bor”, deb javob berdi. Xonandaning nomini eshitib, hayron bo‘lib qoldim. “Ilohim, o‘g‘ilmi-qizmi, eson-omon bag‘ringga bosib olgin”, deb duo qildim. Bu men qulog‘im bilan eshitganim, bilib turib aytmaslikka ham nariga dunyoda jazo bor. Buni nafaqat men, boshqalar ham yaxshi bilishadi.

    Bir narsaga hayron qolaman. Dunyoda shunday ulug‘ siymo borki, hech birimiz osmondan tushib yoki yerdan qo‘ziqorindek chiqqanimiz yo‘q. Onalarning oldida bir umrga qarzdormiz. Chunki to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, keyin qo‘lida, qalbida asragan bu ona bo‘ladi. Shuning uchun uning shaʼniga noto‘g‘ri gap gapirishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Men ham onamni so‘kishsa, albatta, jazosini berganman.

    Foto: Instagram /@erkinkomilov_official

    Bizning Farhod degan tanishimiz ham bor edi, u organ sohasida ishlardi. O‘sha vaqtlarda qo‘ng‘iroq qilib, “Sherali farzandli bo‘ldi, o‘g‘il ko‘ribdi”, dedi. “Zulxumorni homiladorligida ko‘rgandim, eson-omon qutulibdi”, deb quvondim.

    Bir narsaga hayron bo‘laman, bular nimani talashyapti? Botirning ham bisoti o‘ziga yetarli, Jo‘rayevlarniki ham o‘ziga yetarli. Sherali kimningdir gapi bilan qayerdadir “40 yoshimda farzandli bo‘lganman, u bola mening farzandim emas”, degandir. Men Sherali Jo‘rayevni yaxshi bilaman, u benikoh u ayolning oldiga yaqinlashmagan. Botir Qodirov uning farzandi.

    Bu hayotda kuchanib yashab nima qilasan? Bemalol nafas olib yashagin, bolalarim. Men 43 yillar avvalgi gaplarni gapiryapman, — deydi Erkin Komilov.

    O‘zbekiston xalq artisti Botir Jo‘rayevning familiyasi o‘zgarib qolganida hayron bo‘lgani haqida ham gapirdi.

    — Botir Jo‘rayev bo‘lib sahnaga chiqqanida, Zulxumorning o‘g‘li ajoyib hofiz bo‘libdi, deb quvongandim. Keyinchalik familiyasi Qodirovga o‘zgardi. Shunda tanishlar “Familiyangni o‘zgartirasan”, deb talab qilishibdi, deyishganida dilim og‘ridi. Aka-uka hech narsa talashmasdan, bir-biri bilan inoq bo‘lib yashasa bo‘ladi-ku. Agar ular bir-biriga mehrli bo‘lib, ikki oylab katta saroyda konsert berishsa ham, xalqning ularga talabi yuqori bo‘ladi. Bu voqealardan keyin kim o‘zining obro‘sini yerga urdi. Haq bo‘lib chiqsa-ku, mayli, nohaq bo‘lsalar-chi? Bir inson, sanʼatkor sifatida dilimdan aytaman, Botir dunyoga kelganida bular hali tug‘ilmagandi, — deydi Erkin Komilov.

    Aktyor Botir Qodirovning onasi raqqosa Zulxumor Qodirova haqida quyidagilarni maʼlum qildi.

    Foto: Instagram / @botirqodirovofficial

    — Zulxumor nihoyatda go‘zal, feʼli esa og‘ir-bosiq edi. To‘ylarda birovga ortiqcha xatti-harakat qilganini ko‘rmaganman. Raqsga tushib, keyin joyiga kelib o‘tirardi. Raqs ham bir sanʼat, chiroyli raqsga tushish ham hammaning qo‘lidan kelmaydi. U bokira, hayoli va iboli ayol edi.

    Sherali Jo‘rayev birinchi ayolidan 15-16 yil farzand ko‘rmagan. Bilishimcha, u betob bo‘lgan. Farzand ko‘rmagani uchun Sheralida shubha tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Yaʼni “Nahotki men farzand ko‘rmasam, deb Zulxumorga uylangan bo‘lishi mumkin”, deb o‘ylayman. U Botir tug‘ilganida xursand bo‘lib, yer-u ko‘kka sig‘magan. Sherali bilan bu mavzuda hech gaplashmaganman, ammo vaziyat shu darajaga yetishini bilganimda, albatta, tirikligida bu haqda gaplashgan bo‘lardim. Sherali Jo‘rayev xudojo‘y inson bo‘lgan, uni farzandini xaromi deyishga kim majbur qilganining tagiga yetish kerak. Afsuski, Sherali juda ko‘p gaplarni o‘zi bilan qabrga olib ketdi. Niyatim — aka-ukalar xalqqa ovoza bo‘lib, bir-birlari bilan nizoga borishmasin, ginalarni unutishsin, — deydi O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov.

    03.05.2024, 16:40   Izoh (0)   176555
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Ziyoda, 61 yoshida o‘g‘illi bo‘lgan Erkin Komilov, jurnalist tug‘ilgan kunida jam bo‘lgan yulduzlar

    18.07.2021, 22:37

    “O‘zimni tamoman yo‘qotib qo‘yganman”. Erkin Komilov eng ta’sirli roli, marhum rafiqalari va qanday insonlardan nafratlanishi haqida

    17.11.2022, 18:15

    “Tan olinmagan farzandman” — Botir Qodirov 15 nafar farzandi borligi va unga Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini aytishni taqiqlashgani haqida (foto)

    21.07.2023, 16:56

    “Gunohlarim ko‘pligini o‘zim bilaman” — oilaning 19-farzandi bo‘lib tug‘ilgan va uch marta uylanishga majbur bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov 77 yosh...

    21.07.2023, 15:11

    “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti”— Ozodbek Nazarbekov Botir Qodirovning Sherali Jo‘rayev o‘g‘illari bilan sudlashayotganiga munosabat bildirdi

    24.04.2024, 15:51

    “Jo‘rayevlardan menga hech narsa kerak emas”. Botir Qodirov otalikni belgilash masalasini nega aynan hozir ko‘targani haqida gapirdi (video)

    26.04.2024, 10:51

    “Botir uning o‘g‘li” — Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya

    28.04.2024, 22:00

    “Farzandlarimiz o‘rtasida to‘polon bo‘lishini xohlamayman” — Sherali Jo‘rayev o‘z qo‘shiqlariga mualliflik huquqi olingani haqida (arxiv video)

    29.04.2024, 18:56

    “Kimlargadir shikoyat qilib, meni tinchitishni so‘rab yurishibdi” — Botir Qodirov o‘ziga nisbatan bo‘layotgan bosimlar haqida

    30.04.2024, 11:13

    Shohjahon Jo‘rayev ikki yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi

    06.05.2024, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.