• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “O‘zimni tamoman yo‘qotib qo‘yganman”. Erkin Komilov eng ta’sirli roli, marhum rafiqalari va qanday insonlardan nafratlanishi haqida

    O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov xalq ardog‘idagi marhum aktyor Shukur Burhonovning shogirdi bo‘lgani, teatr institutiga kirishi, marhum rafiqalari, o‘zi ta’sirlanib o‘ynagan roli qaysi ekani, qanday insonlardan nafratlanishi haqida gapirdi.

    Erkin Komilov teatr oliygohiga kirishdagi qiyinchiliklari haqida 

    1964-yili Toshkent teatr va rassomchilik institutiga kelganimda, 244 kishi hujjat topshirgan edi, keyin esa drama mahorati yo‘nalishiga 11 kishini olishini eshitganman. Yuragim shuv etgan, bir qarasam sochlari taqimini o‘pgan Gulchehra Jamilova, Gulya Muhammedova, Karomat, Lola bor bo‘lgan, bolalarning hammasi baquvvat. Men esa qishloqdan kelganman, shayton “hujjatingni olib ket”, rahmon esa “to‘xta”, degan. Keyin kirib ijroni topshirib chiqdim, ikkita imtihon bo‘lardi, ikki marta “elanardi”.

    Birinchi imtihondan keyin 33 kishi qoldik, qarasam familiyam turibdi, xursand bo‘ldim. Ikkinchi marta yana kirdim, shundan so‘ng 11 kishining orasidan 7-bo‘lib turibman. Shunday qilib imtihondan o‘tib ketganman. Institutda o‘qib yurgan paytlarimiz, 1966-yili yer qimirladi, shunda  O‘zbekiston xalq artisti Toshxo‘ja Xo‘jayev meni, Gulchehra Jamilova, Hojiakbar Nurmatov, uchalamizni ishga olgan. O‘sha payt biz uchinchi kursda o‘qir edik.

    Foto: Instagram /@erkinkomilov_official

    Foto: Instagram /@erkinkomilov_official

    “Shukur Burhonovning nigohiga tushdim, uyiga borganimda faqat san’at va teatr haqida gaplashar edik”

    Qandaydir Shukur Burhonovning nigohiga tushgan ekanman, nima bo‘lsa oting nima, derdilar, Erkin desam, mashinaga o‘tir, derdilar. Uyga borardik, o‘zi bilan yaqin olib yurardi. “Hamza” teatrida o‘qib yurgan paytlarimda borganimda “Mirzo Ulug‘bek” teatrini ko‘rganman. Shu payt birinchi teatrga tushishim edi.

    Shukur akaning iste’dodiga hayratomuz boqqanman, keyin shu inson hayotda qanaqa ekan, deb teatr katta darvozasining oldida kutib turganman. Yomg‘ir savalab yog‘ib turgan edi, “Moskvich” mashinasida, gruzincha bosh kiyimni kiyib chiqib kelgan. Salom berganman, alik olib ketgan, shu bilan ko‘rinmay ketguncha orqasidan qarab turganman.

    Keyin shu insonning nigohiga tushdim, uyiga borganimda faqat san’at va teatr haqida gaplashar edik. To‘g‘ri, o‘sha paytda men qishloq farzandi bo‘lganim uchun yerlarni chopib, nima ish bo‘lsa, yo‘q demasdan shuni qilar edim. Toza ish qilganim uchun ham Shukur aka meni yoqtirib qolgan. Ularning yonida yurib, sahnadagi odob-qoidalarni o‘rganardik. Suratga olish ishlarining tayyorgarlik jarayonlariga vaqtida kelishni, sahnada qanday yurishni, kattaga hurmat, kichikka izzat qilishni, garchi bizga aytmagan bo‘lishsa ham, shularni ko‘rib o‘rnak olganmiz.

    Foto: Instagram /@erkinkomilov_official

    Foto: Instagram /@erkinkomilov_official

     “Hozirgi ayolim Mahbubaning bahosi yo‘q, menga qaraydi, vrachim ham, oshpazim ham Mahbuba”

    Fotima va Zuhra qizlarimning onasi yurak xuruji bilan 24 yoshida vafot etgan. Bolalar menda qolib ketdi, u kunlar o‘tdi. Keyin ustozim Shukur Burhonovning yordami bilan bolalar teatrida ishlaydigan Mo‘tabar ismli bir qizga uylandim. Alloh farzandlar berdi, 44 yoshida u ham vafot etdi. Besh qizimni o‘zim uzatdim, o‘g‘illarimni to‘y qildim.

    Undan keyin bari bir erkak kishi uylanmasa bo‘lmas ekan, uyning ishlari, o‘zim ko‘chada yursam, ovqat, dazmol qilish degandek, ayol kishi erkakni orqasida qolgani yaxshi ekan. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman, mana hozir hech narsani ko‘rmagandek bo‘lib ketdim. Hozirgi ayolim Mahbubaning bahosi yo‘q, menga qaraydi, vrachim ham, oshpazim ham Mahbuba.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Shifokorlarni chaqirishgan, ukol qilgandan keyin o‘zimga kelganman, tamoman o‘zimdan chiqib ketgan ekanman”

    “Girdob” spektakli qo‘yilgan vaqtda bir sahnasi bor edi, Muhammad chatoq Aziz Qosimovning oldiga keladi. Men sizni aqlli bola deb yursam, sizning aqlingiz yo‘q ekan-ku, deydi. U esa nimagaligini so‘raydi, Muhammad esa kelinimni xafa qilib, nimaga uydan chiqib ketdingiz, deb aytadi. Aziz ichiga oladi, so‘ramang, Muhammad aka, deydi. Chunki unga Saltanat Yo‘ldosh bilan birga xiyonat qilganini aytganda, kostyumini yelkasiga oladi va yotoqxonadan chiqib ketadi.

    Aziz Qosimov qayerga ketayotganini bilmaydi. U shuning uchun aytmaydi, birovga aytmayman deb qasam ichganman, bu birovga aytadigan gap emas, deydi. Shu payt ichimdan bir narsa keldi, suratga olish jarayonlari bo‘lyapti, o‘zimni bilmay qolganman. Shifokorlarni chaqirishgan, ukol qilgandan keyin o‘zimga kelganman, tamoman o‘zimdan chiqib ketgan ekanman. Shunday narsa bo‘lgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Tamagir insonlarni yoqtirmayman, birovga yaxshi ko‘rinish uchun hamma narsani ichiga yutish ham yaxshi emas”

    Shunday narsalar bo‘ladiki, kechirib bo‘lmaydi. Kechirdim deganingizda ham, vijdoningiz qiynab turadi. Erkak kishi ayol kishiga qo‘l ko‘tarishi yaxshi ish emas, qo‘limni urib qo‘ltig‘imga urdim, deyiladi. Riyokor, tovlamachi, birovni haqqidan qo‘rqmaydigan insonlar bor, shunday dorilamon zamonda noliydigan odamlar bor, shulardan nafratlanaman. Shularni yomon ko‘raman.

    Tamagir insonlarni yoqtirmayman, birovga yaxshi ko‘rinish uchun hamma narsani ichiga yutib ketish ham yaxshi emas. Ko‘plab insonlarni ko‘rdik, ko‘ryapmiz. Ota-ona, ustozning duosini olganini ham, olmaganini ham ko‘ryapman. Kimda g‘am yo‘q, hammada tashvish bor.

    Mavzuga doir:

    • Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Ziyoda, 61 yoshida o‘g‘illi bo‘lgan Erkin Komilov, jurnalist tug‘ilgan kunida jam bo‘lgan yulduzlar.
    • “Kim qilganini Yodgor biladi, men ham bilaman”. Erkin Komilov “Shaytanat”ning nima uchun “zapret”ga tushgani haqida gapirdi (video).
    • Erkin Komilov Islom Karimov haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi (video).
    • Erkin Komilov: Onam yigirma ikki farzandni dunyoga keltirgan, men o‘n to‘qqizinchisiman.

    17.11.2022, 18:15   Izoh (0)   28709
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ben Kingsli, Brayan Krenston, Glenn Klouz: 70 yoshdan so‘ng mashhur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    17.11.2022, 15:45

    Uch ming dollarlik kostyum va 700 ming dollarlik zirak: O‘zbekistonlik mashhurlar garderobidagi eng qimmat buyumlar (video)

    17.11.2022, 14:03

    Garajda boshlangan biznesdan dunyoni o‘zgartirgan texnologiyalargacha: Stiv Jobsning muvaffaqiyat yo‘li

    17.11.2022, 11:53

    Instagram: Gender party o‘tkazgan Xonzoda, muxlisidan maqtov eshitgan Zohirshoh, Bollivud yulduzining shogirdiga aylangan Rayhon Asadova

    16.11.2022, 22:56

    Bolalar va kattalar sevib tomosha qiladigan eng yaxshi multfilmlar (video)

    16.11.2022, 20:59

    Moda borasida Keyt Middlton bilan bemalol raqobatlashadigan Ispaniya qirolichasi Letisiyaning zamonaviy obrazlari (foto)

    16.11.2022, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.