• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Gunohlarim ko‘pligini o‘zim bilaman” — oilaning 19-farzandi bo‘lib tug‘ilgan va uch marta uylanishga majbur bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov 77 yoshda

    O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov ijoddan baxtini topgan, ammo shaxsiy hayotida ko‘plab qiyinchiliklarga uchragan. Bugungi kunga kelib, uni ham o‘zbek kinosining tirik afsonalaridan biri deyish mumkin. Boisi, u ko‘plab ustoz san’atkorlar bilan bir sahnada ijod qilgan. Hatto Shukur Burhonovning nazariga tushib, shogird bo‘lish baxti ham unga nasib etgan.

    “Oilamizda 22 ta farzand bo‘lgan”

    Erkin Komilov 1946-yili Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida dunyoga kelgan. Kufa qishlog‘i O‘shga yaqin, Andijon markazidan esa 30 km uzoqlikda joylashgan. Otasi Komil qori o‘z davrining ilmli insonlaridan biri bo‘lgan. 

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — Urushdan keyingi qiyinchilik yillarida dunyoga kelganman. U yillari tibbiyot ham haminqadar bo‘lgan. Otamning aytishicha, men oilaning 19-farzandi bo‘lganman va mendan avvalgi barcha opa-akalarim kasallik sabab vafot etishgan. U paytlarda suvchechak va qizamiq bilan ham bolalar nobud bo‘lardi. Men tug‘ilgach, odamlar dadamga Xudoyberdi deb ism qo‘yishni maslahat berishgan. Ammo otam “O‘g‘lim erkin tug‘ildi, ming shukr, ismini ham Erkinjon deb qo‘ysam”, degan ekan. Mendan keyin yana uch farzand dunyoga kelgan, — deydi Erkin Komilov.

    “Bolalikdagi qiyinchiliklar...”

    Ijodkor bolalik yillaridagi qiyinchiliklar va otasi berkitib kitob o‘qiganini ko‘rgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — U paytlarda rostmana maktab qayoqda deysiz, sharoiti bor kishining uyidagi bo‘sh xonalardan sinfxona sifatida foydalanardik. Singlim ikkalamiz bitta siyohdon bilan bitta ruchkani o‘rtada ishlatganimiz bois har kuni uni maktabdan qaytishini intiqlik bilan kutib o‘tirardim.
    Yoz paytlari o‘qishimiz uncha mushkullik tug‘dirmasa-da, biz bolalarga qishda juda qiyin edi. Sovqotib qolmaslik uchun maktabga qalin paxtali shim, hamma yog‘i yamoqdan iborat eski paltolar kiyib, ba’zan shunda ham sovuqdan oyoq-qo‘llarimiz uvishib qolardi. Har zamonda bir ko‘mir solib yoqiladigan pechka shu darajada tutab ketardiki, hammamizning ko‘zimiz achishib, yo‘tal tutar edi. 

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    Otam rahmatli nihoyatda ilmli inson bo‘lgan. Qur’oni Karimni arab tilida ham qiroat bilan o‘qir edi. 5-6 yoshimda yerdagi kigizni ochib, kitoblarni o‘rachaga joylab qo‘yayotganini ko‘rdim. Bolaligimga borib, “Kitoblarni yerda saqlamasa aynib qolarkan-da”, deb o‘ylabman. Ba’zan uyimizga mahalladagi erkaklar kirib “Qori aka, biror narsa o‘qib bering”, deyishardi. Otam kigiz ostidan kitoblarni olib o‘qir va yana joylab qo‘yardi. Keyin bilsam u paytlarda, nafaqat diniy, balki Cho‘lpon, Qodiriy kabi ijodkorlarning ham asarlarini o‘qish taqiqlangan ekan. Bir kuni ko‘chada o‘ynayotgan bir odam oldiga chaqirib aldab “Qorining o‘g‘li, uyinglarda kitob bormi? Otang ularni qayerda saqlaydi”, dedi. Otam qamalishidan qo‘rqib “Kitobimiz yo‘q, otam hech nima o‘qimaydi”, dedim. Buni otamga aytganimda juda qo‘rqib ketgandi, — deydi Erkin Komilov.

    “Onam sabab san’atga mehr qo‘yganman”

    Erkin Komilovning oilasida san’atkorlar yo‘q, ammo u onasining teatrga olib borganidan keyin san’atga mehr qo‘yganini so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — Onam bir oyda bir yuradigan mashinaga o‘tkazib, O‘sh shahriga olib borgan. Tomoshagoh, qilich taqqan odamlar, qo‘shiqlar... Xullas, avvaliga bu qanday tomosha ekanligini tushunmaganman. Keyin onam bu teatr ekanligi va “Tohir va Zuhra” spektakli namoyish etilayotganini aytgan. Qayta-qayta takrorlab, teatr so‘zini yod olganman. Shundan keyin onamdan teatrga yana olib borishni so‘raganman. Onam “Qori, o‘g‘lingiz yana teatrga boraman deyapti”, deganida “Olib boring”, degan javobni olgan. Uzoq kutilgan farzand bo‘lganim uchun ota-onam rayimga qarashardi. Mashina oyda bir yurgani uchun onam ikkimiz piyoda 5 km yo‘lni bosib, tomosha ko‘rib qaytardik, — deydi Erkin Komilov.

    “Konserva zavodida ishlaydi”

    Qahramonimiz maktabni tamomlab, Toshkentga kelishni va san’at oliygohiga hujjat topshirishni niyat qiladi. Ammo bu haqida otasiga indamaydi. Sodda insonlar esa uni institutni bitirib, konserva zavodida ishga kiradi, deb o‘ylashadi.

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — 1963-yili Toshkentga kelganman. O‘sha yili institutga hujjat topshirgan bo‘lajak aktyorlarni ko‘rib tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushgan. Chunki ular nihoyatda iste’dodli va chiroyli edi. Gulchehra Jamilova bilan kursdosh bo‘lganmiz. Ularning chiroyi va iste’dodi oldida men yo‘qdek edim. Ammo omad kulib boqdi va talaba bo‘ldim. Ammo bu haqida otam bilmasdi. Qaysi institutga kirganimni so‘raganida onam “Konserva dedi, uni bitirib, Andijondagi zavodga ishga kirarkan”, degan, — deydi Erkin Komilov.

    “Qori, o‘g‘lingiz artist bo‘libdi, telebizorda chiqdi”

    Erkin Komilov uchinchi kursdan boshlab kichik rollari bilan ekranda ko‘rinish bera boshlaydi. O‘g‘lining san’atkor bo‘lganidan bexabar otaga esa tanish-bilishlar bu haqida gullab qo‘yishadi. 

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — Otam o‘sha kuniyoq Toshkentga kelgan. O‘sha yili teatrda ishlaganim uchun bir xonali uy berishgan edi. Otamni o‘sha uyga olib borganman. “Meni teatrga olib borasan, ko‘raychi, artistlar qanday bo‘larkan”, degan. Keyin bilsam, u meni o‘zi bilan Andijonga olib ketishni reja qilgan ekan. Ertasi kunga teatrga olib bordim, majlis bo‘lgani uchun orqa qatorga o‘tkazdim. Majlisda Shukur Burhonov, Sora Eshonto‘rayeva, Zaynab Sadriyeva, Olim Xo‘jayev kabi aktyorlar so‘zga chiqib, gapirishgan. Majlisdan keyin otamning oldiga kelgan “Artistlar aqlli, durust insonlar bo‘lar ekan”, degan. Mana shundan keyin Toshkentda qolib, ijod qilishimga qarshilik qilmagan, — deydi Erkin Komilov.

    “Seni armiyaga olib ketamiz”

    Teatrda ishlab yurgan Erkin Komilovga uch yillik armiyaga borish uchun yo‘llanma kelgan. U sochlarini oldirib, ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganda Shukur Burhonov rahbarlarga aytib uni armiyadan olib qolgan.

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — “Iya, sen armiyaga ketsang, spektakllar nima bo‘ladi? Uch yil ijodsiz yashaysanmi?” deb meni oldiga solib, rahbarlarning qabuliga kirgan. U paytda harbiy xizmatga bormaslikka jinoyat deb qaralardi. Shukur Burhonov rahbarlarga vaziyatni tushuntirib, harbiy xizmatdan ozod qilgan. O‘ylab qarasam, hozir men bunday qilolmayman. Balki qo‘limdan kelar, ammo vaqt topmasligim mumkin, — deydi Erkin Komilov.

    “Gunohlarim ko‘p...”

    Aktyor tahoratsiz sahnaga chiqmagani va Mirzo Ulug‘bek rolini ijro etishdan avval u insonning qabrini ziyorat qilgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — Gunohlarim ko‘p, buni juda yaxshi bilaman. San’at haqida ham turli qarashlar bor. Ammo mening fikrimcha, sahna poklikni yaxshi ko‘radi. Shu kungacha biror marta tahorat olmay, sahnaga chiqqan inson emasman. Hatto Samarqand teatrida sahnalashtirilgan Mirzo Ulug‘bek rolini ijro etishdan avval juda tushkun ahvolga tushib qolganman. Shunda Mirzo Ulug‘bek maqbarasiga borib ziyorat qilganman, rozilik olganimdan keyin rolga kirishishim ham oson kechgan, — deydi Erkin Komilov.

    “Ikki ayolim vafot etgan...”

    Erkin Komilov shaxsiy hayotida ko‘plab sinovlarni boshdan kechirgan. Xususan, ayollari vafot etgan, besh farzand bilan yolg‘iz qolgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    — Fotima va Zuhra qizlarimning onasi yurak xuruji bilan 24 yoshida vafot etgan. Bolalar menda qolib ketdi, u kunlar o‘tdi. Keyin ustozim Shukur Burhonovning yordami bilan bolalar teatrida ishlaydigan Mo‘tabar ismli bir qizga uylandim. Alloh farzandlar berdi, 44 yoshida u ham vafot etdi. Besh qizimni o‘zim uzatdim, o‘g‘illarimni to‘y qildim.

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    Undan keyin baribir erkak kishi uylanmasa bo‘lmas ekan, uy ishlari, o‘zim ko‘chada yursam, ovqat, dazmol qilish degandek, ayol kishi erkakning orqasida qolgani yaxshi ekan. O‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman, mana hozir hech narsani ko‘rmagandek bo‘lib ketdim. Hozirgi ayolim Mahbubaning bahosi yo‘q, menga qaraydi, shifokorim ham, oshpazim ham Mahbuba, — deydi Erkin Komilov.

    Erkin Komilov 61 yoshida yana bir bor otalik baxtiga musharraf bo‘lgan. U supraqoqdi o‘g‘liga Olovuddin deb ism qo‘ygan.

    “Men hali orzumdagi rolni o‘ynaganim yo‘q”

    Erkin Komilov faoliyati davomida kino va teatrda barcha yo‘nalishdagi rollarni ijro etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo aktyor rollaridan qoniqmaydi va hamon orzusidagi rolni kutib yashamoqda.

    Foto: Instagram / @erkinkomilov_official

    — Ko‘p rollarni ijro etdim. Ammo orzuyimdagi sof, samimiy o‘zbek timsolini yaratolganim yo‘q. Bunday rolni kutib yashayapman, — deydi Erkin Komilov.

    21.07.2023, 15:11   Izoh (0)   59889
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Killian Myorfi “Oppengeymer” filmidagi roli sabab qattiq parhezga rioya qilgani haqida so‘zlab berdi

    21.07.2023, 11:30

    Dueyn Jonson kino tarixida eng ko‘p gonorar olgan aktyorlar orasida rekord o‘rnatdi

    21.07.2023, 09:30

    Instagram: Manzura Abror Muxtor Aliga turmushga chiqdimi? Tug‘ilgan kunini nishonlagan Rayhon Asadova, xeyteri bilan yuzma-yuz kelgan Kaniza

    19.07.2023, 22:47

    “Uning uyidagi eshikni tuzatib berganman”. Jahon yulduzlari sevimli insonining qalbini qanday zabt etgani haqida

    19.07.2023, 20:58

    Birinchi turmushi muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramay, keyingilaridan chin baxtini topgan mashhurlar

    19.07.2023, 17:25

    Katrina Kaif, Amir Xon va hamkasblari orasida injiqligi bilan ajralib turadigan boshqa Bollivud aktyorlari 

    19.07.2023, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.