• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kasallikdan azoblangan, oilaviy muammolardan qiynalgan, kinochilar eʼtiboridan chetda qolgan aktyor Mashrab Kimsanovni xotirlaymiz (foto)

    Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov faoliyati davomida ko‘plab sahna asarlarining tarixga muhrlanishiga sabab bo‘ldi. U “Vodillik kelin”, “Olovli yo‘llar”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Masxaraboz”, “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot-mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Sehrli qalpoqcha”, “Onaginam orzusi” kabi ko‘plab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor “Tog‘lik kuyov” filmining postanovkachi rejissyori hisoblanadi.

    Foto: Skrin

    Aktyor 1976—1979-yillarda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor assistenti bo‘lib ishlagan. Shundan so‘ng uni kam sonli yosh ijodkorlar qatorida 1983-yili Moskvadagi “VGIK”ning aktyorlik fakultetiga o‘qishga yuborishgan.

    Foto: Skrin

    Aktyorning turmush o‘rtog‘i aktrisa Adolat Kimsanova “Daryo”ga bergan intervyusida Mashrab Kimsanovning kasallikka chalinishi haqida so‘zlab bergandi.

    — Hayot tashvishlari eng kuchli insonni ham yengib qo‘yar ekan. Baʼzi insonlar eʼtibor bermaydi yoki o‘zini boshqa yumushlar bilan chalg‘itadi. Menimcha, turmush o‘rtog‘im ana shunday tashvishlarni ko‘ngliga og‘ir oldi. Umr bo‘yi “Kino yaxshi bo‘lib ketadi”, degan umid bilan kunni kunga uladi. Meni hamisha “Hali zo‘r rollar ijro etamiz, qiyinchiliklar ortga qoladi”, deb yupatardi-yu, ammo o‘zi bunga amal qilmadi. Mashrab Kimsanov Rossiyada tahsil olgan, professional kino mutaxassisi hisoblanadi. Bunday ilmli va katta tajribaga ega bo‘lgan inson ko‘chadan olib kelingan odamlarga rol berilayotganini ko‘rib, yuragiga og‘ir olardi.

    Foto: Skrin

    Hatto undan baʼzi rejissyorlar bepul rol ijro etishini so‘ragan paytlar ham ko‘p bo‘ldi. Ammo o‘shanda ham nolimay “Mayli, kino-ku”, deb rollarini sidqidildan ijro etardi. Yillar davomida ko‘nglida yig‘ilgan kemtiklar kun kelib katta kasallikka chalinishiga sabab bo‘ldi. 2018-yil ilk insultni boshidan o‘tkazdi. Hassaga tayanib bo‘lsa-da, o‘tgan yili kinofestivallarga olib bordim. Aktyorlar qatorida yurgani ham u insonga ancha dalda bo‘ldi. “Endi festivallar bo‘lyapti, kino ham yaxshi bo‘lib ketadi”, deb ko‘ngli ko‘tarildi.

    Foto: Skrin

    Shuncha yil yashab, oilamizda biror mojaro bo‘lgan emas. Ammo yana ketma-ket ikki marta insultni boshidan o‘tkazdi. Qaynanamning vafotidan keyin ota uyi Yaypanga borib, o‘sha yerda to‘rtinchi insultga chalindi. To‘shakka mixlanib, oyoq-qo‘llari ishlamay qoldi. Bunday bemorlarni joyidan ko‘chirib bo‘lmaydi deyishgani uchun bir muddat vodiyda davolatdik. Undan keyin Toshkentga olib kelib, bu yerda ham uzoq muolaja oldi. Ammo hozircha o‘zgarish yo‘q. Umidim bor, yurgan oyoqlar yana yurib ketishiga ishonaman. Suyanchiq yordamida bir-ikki qadam tashlaganiga ham xursand bo‘laman. Ilgari kasalni boqish osonmas, deyishsa tushunmagan ekanman. To‘shakka mixlanib qolganidan keyin bu gaplarning mag‘zini chaqyapman. Xudoga shukr, avvalgidan ahvoli ancha yaxshilandi.

    Foto: Skrin

    Yaxshi hamki shogirdlarim bor ekan, baʼzan syomkalarga chaqirib turishadi. Mashrab akaning bosh tomoniga yeguliklar, oyoq tomoniga esa hojatga kerakli narsalarni qo‘yib, bir-ikki soatlik syomkalarga borib kelaman. Qaytganimdan keyin “Yaxshimi, nima bo‘ldi?” deb so‘raydi. Shu ahvolda ham syomkalarni gapirsam quvonib ketadi. Ijodkorda, bu gaplar uni suyuntiradi.“O‘zbekkino”, “O‘zbekfilm” degan tashkilotlar umuman xabar olmaydi, ishlari ham yo‘q. Kino arboblari uyushmasidan bir-ikki marta xabar olishdi. Har zamonda aktyor Rajab Adashev qo‘ng‘iroq qilib turadi. Bu yilgi bayramda kimdir kelar, hech bo‘lmasa qo‘ng‘iroq qilar, deb kutdim. Ammo jimjit.

    Foto: Skrin

    Aktyor yurib tursa hammaga kerak, yotib qolsa butunlay unutib yuborilar ekan. Men-ku, mayli menga eʼtibor berishsin demayman, ammo umrni va salomatligini kino rivoji uchun sarflagan insonga hech bo‘lmasa bayram kuni bitta ko‘krak nishon berish kimni o‘ldiribdi? Ko‘ryapman, baʼzilarga ikki martadan mukofot berishyapti, — degandi aktrisa Adolat Kimsanova.

    Mashrab Kimsanov to‘rtinchi insultni boshdan kechirgach, gapirolmay, o‘rnidan qimirlolmay qolgan.

    Foto: Skrin

    — 2018-yilning fevral oyida ilk marta insult bo‘ldi. Undan oldin biror marta salomatligidan shikoyat qilgan inson emasdi. Kasallik harakatlanishiga biroz salbiy taʼsir etdi. Hassada bo‘lsa-da, bemalol yura olardi. Ammo undan keyin ketma-ket ikki marta insultni boshidan kechirdi. Qaynanamning vafotidan keyin ota uyi Yaypanga borib, o‘sha yerda to‘rtinchi insultga chalindi. To‘shakka mixlanib, oyoq-qo‘llari ishlamay qoldi. Bunday bemorlarni joyidan ko‘chirib bo‘lmaydi deyishgani uchun bir muddat vodiyda davolatdik. Mashrab Kimsanov bo‘ylari baland, basavlat inson edi. To‘rt yilda u ko‘rinishdan asar ham qolmadi, — degandi aktrisa Adolat Kimsanova.

    Adolat Kimsanova turmush o‘rtog‘i rejissyorlik qilgan “Tog‘lik kuyov” filmining tasvirga olinishi bilan bog‘liq voqealarni so‘zlab bergandi.

    Foto: Instagram

    — “Tog‘lik kuyov” filmini suratga olish ishlari boshlanganida men Melis Abzalovning “Chimildiq” filmi syomkasi bilan band edim. Ammo turmush o‘rtog‘imni ilk rejissyorlik ishida qo‘llab-quvvatlash uchun assistent bo‘lib ham ishlaganman.

    “Tog‘lik kuyov” filmini suratga olish ishlari juda qiziq kechgan. Aktyorlarning gap-so‘zidan tortib, qo‘shiqlarigacha xalq og‘ziga tushdi. Hatto to‘ylarda kelin-kuyov ustidan gul sochish ham ana shu filmdan keyin anʼanaga aylandi. Mashrab aka tog‘dagi syomkada: “Shahardan gul olib kelishmabdi, qizning qo‘liga gul berish kerak edi”, deb asabiylashib turganida yo‘lakda atirgullar qiyg‘os ochilganini ko‘rdim. “Hech bo‘lmasa shu atirgullarni olib, sochsak qanday bo‘larkan?”, deganman. Mashrab aka “Xo‘p, hech bo‘lmasa shunday qilinglar”, degan. Qarangki, vaziyatdan chiqish uchun qilgan ishimiz keyinchalik urfga aylandi. Hozir kelin-kuyovlarning ustidan ana shunday atirgul yaproqlarini sochishyapti.

    Foto: “Daryo”

    “Tog‘lik kuyov” filmi sevib tomosha qilingani uchun avvallari har bayram kunlari namoyish etilardi. Ammo televideniye xodimlari juda yomon ish qilishdi. Qahramon adashib suv o‘rniga aroq ichgan sahnalarini ko‘rsatmaslik uchun uning bir nechta kadrlarini kesib tashlashibdi. Vaholanki, bu sahnalar syujetga uzviy bog‘liq. Ularni olib tashlasa, kadrlar bir-biriga bog‘lanmaydi. Chunki bosh qahramonning feʼl-atvori ana shunday voqeliklarga qurilgan. Mashrab aka bir marta kinodagi sahnalar kesib tashlanganini ko‘rib rosa yig‘lagan edi. Shuning uchunmi bilmadim, film 3-4 yildan buyon namoyish etilmayapti. Menimcha, rasvo qilib tashlashgani uchun ham namoyish etishmayapti. Qaniydi, o‘sha sahnalarni tiklab, yana namoyish etishsa. Bu gaplarim bilan ko‘p joylarda savodsiz, noprofessional insonlar ishlayotgani haqida gapirmoqchiman. Ularning qo‘lidan birov yaratgan filmni kesib tashlash, ulash yoki umuman efirdan olib tashlash keladi. Xuddi bu do‘ppini olib kel desa, kallasini ham qo‘shib keladiganlarga o‘xshaydi, — degandi aktrisa Adolat Kimsanova.

    02.05.2024, 14:45   Izoh (0)   36657
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dardlarini kulgi ortiga yashirgan ulkan qalb sohibi. Marhum qiziqchi Obid Asomovni xotirlab

    22.10.2021, 19:26

    “Yuz yilda bir tug‘ilarmish, el dardini aytolgan”. O‘zbek shou-biznesi vakillari Sherali Jo‘rayevni xotirlamoqda

    05.09.2023, 13:41

    “Ikki farzand dog‘ini ko‘tarishimga san’at yordam bergan”. Mahoratli suxandon O‘tkir Siddiqov zamondoshlari xotirasida 

    27.11.2023, 18:44

    Farangiz Rejametovasiz yana bir yil: sanoqli rollari bilan sevimli bo‘lishga ulgurgan iste’dod egasini xotirlaymiz (foto, video)

    16.04.2024, 12:51

    “Uddaburon bolalar” filmi qahramonlari 21 yildan so‘ng: ular qanchalik o‘zgargan? (foto)

    02.05.2024, 13:35

    Instagram: Jamila G‘ofurova to‘rtinchi bor ona bo‘ldi, Baby Mohi oilasida yangilik, Ulug‘bek Qodirov qanday avtomobil boshqaradi?

    02.05.2024, 10:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.