Toshkent shahri Bektemir tumanida salkam 17 ming dollarlik dorilar noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqarolar N.R. va D.T. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida fuqaro A.S.ga 864 quti “Terafleks Advans” nomli dori vositasini 16 750 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)