Samarqand viloyatining Narpay tumanida sof quyma oltinni noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Narpay tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar SH.G‘. va I.K. tarkibida tilla zarralari mavjud bo‘lgan qumlarni noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlash orqali tanga shakliga keltirilgan sof quyma oltinni fuqaro Z.I.ga 2 ming dollar va 180 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning og‘irligi 143,9 grammni tashkil qilib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin va 0,06 foiz kumush mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan avval viloyatning Paxtachi tumanida shunday jinoyat ushun ikki kishi qo‘lga olingandi.
Izoh (0)