Qozog‘istonda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi Samarqandda ushlandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB.
Ma’lum qilinishicha, u Samarqand viloyat IIB patrul-post xizmatining tumanlararo guruhi xodimlari tomonidan ushlangan. Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 189-moddasi 4-qismi bilan ayblanib, Qozog‘iston Jambil viloyati Taraz shahar IIB tomonidan davlatlararo qidiruvda bo‘lgan, 1987-yilda tug‘ilgan, Olmaota viloyati Talgar shahri Varshava ko‘chasida yashovchi D.S. Kattaqo‘rg‘on shahar hududida qo‘lga olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Avvalroq Ostona politsiyasi 10 yildan ortiq vaqt davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgandi. Qidiruv tashabbuskori Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi bo‘lgan.
Izoh (0)