Buxoro viloyatida sof quyma oltin bo‘laklarini muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
![](/static/2023/05/Fozilbek/photo_2023-08-08_12-24-15.jpg)
Ma’lum qilinishicha, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda J.R., J.N. va F.O‘. ismli shaxslar Shofirkon tumani hududida jami 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini fuqarolar R.Sh., F.Sh.ga 7 ming dollar va 300 million so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
- Shu yilning iyun oyida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yoqutni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlangan.
- 2022-yil noyabrda esa Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 999,9 probali sof oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
- Shuningdek, Bulung‘ur tumanida oltin bo‘laklarini noqonuniy olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olingan edi.