463,94 gramm sof quyma oltinni Toshkent shahrida o‘tkazish uchun olib ketayotgan shaxslar Bulung‘ur tumanida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bulung‘ur tumanidan o‘tuvchi M-38 avtomobil yo‘lining “Yuqori nuqta” YPX maskanida Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt avtomashinasi yo‘lovchisi M.R.ning yonida fuqaro R.T. tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazish uchun berib yuborilgan og‘irligi 463,94 gramm bo‘lgan bahosi 368 mln so‘mlik 2 dona sof quyma oltin bo‘lagini olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)