Qoraqalpog‘istonda besh marta sudlanib, kechirilgan fuqaro yana jinoyat sodir etdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro muqaddam unga berilgan kechirim chorasini suiiste’mol qilib, jinoyat sodir etgan. U o‘zi kimlargadir pullagan buyumlarini qayta o‘g‘irlash holatini sodir etgan. Bora-bora ko‘p marta shu kabi holatlar kuzatilgan.
Unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan uch yil ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Izoh (0)