Farg‘onada aliment to‘lamagan 118 kishi xorijga chiqib ketgani ochiqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi tomonidan fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilib, qarzdor va ularning mol-mulklarini qidirib topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, 370 nafar aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan qidiruv eʼlon qilinib, shundan, 2024-yilda 153 nafar qarzdor fuqarolar topilgan va ijro harakatlarini davom ettirish uchun davlat ijrochilariga topshirilgan.
Shuningdek, qidiruv eʼlon qilingan qarzdorlarning 118 nafari chet elga, xususan 105 nafari Rossiya, 8 nafari Qozog‘istonga, 2 nafari Qirg‘izistonga, 3 nafari Turkiyaga chiqib ketganligi aniqlangan va ularga nisbatan davlatlararo qidiruvni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar asosida so‘rovnomalar yuborilgan.
Izoh (0)