2023-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni o‘rtacha 349 tani tashkil etgan. Maʼlumot uchun, bu ko‘rsatkich:
- 2010-yilda —145 ta;
- 2015-yilda — 234 ta;
- 2020-yilda — 287 tani tashkil etgan.
O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi maʼlumotlariga asosan, 2023-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2010-yilda — 21 ta, 2015-yilda — 42 tani tashkil etgan. 2020-yilda esa 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, 2023-yilda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 176 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2010-yilda — 132 ta, 2015-yilda — 152 ta, 2020-yilda esa 162 tani tashkil etgan.
2023-yil mart oyida PMTI ekspertlari O‘zbekistonda insonlarning hayoti davomida iste’mol xarajatlari va daromadlari, o‘zgarish xususiyatlari hamda qarz munosabatlariga kirishish holatini tahlil qilgandi. O‘zbekistonda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yosh oilalar boshqa oilalarga nisbatan daromadining ko‘p qismini qarz to‘lashga sarflayotganini ma’lum qilgan. Bunda respondentlarning 18 foizi maishiy texnika, 22 foizi uy-joy, 13 foizi avtomobil, 10 foizi o‘qish shartnoma to‘lovi, 11 foizi esa telefon uchun qarz olganligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)