Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—dekabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 162 tani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2010-yilda 132 ta, 2015-yilda esa 152 tani tashkil etgan.
Shuningdek, DSQ 2020-yilning yanvar—dekabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 287 tani tashkil etganini ma’lum qilgan. Bu ko‘rsatkich 2010-yilda 145 tani, 2015-yilda esa 234 tani tashkil etgan.
Izoh (0)