Toshkent shahrida avtobus haydovchisi eshikka qisilib qolgan yo‘lovchini bir necha metrga sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, keksa erkak to‘satdan avtobusdan tushgan. U eshiklarni yopgach, harakatda davom etayotgan vaqtida buni payqab qolgan va darhol avtobusni to‘xtatgan. Yo‘lovchi hammasi yaxshi ekanini bildirgach, yana avtobusga minib, yo‘lida davom etgan.
“145-maktab bekatiga yaqinlashib kelganimda bekatda yo‘lovchlarni tushirganimdan so‘ng, harakatni davom ettirish vaqtida eshiklarni yopdim. Shu payt orqa eshikdan to‘satdan yoshi ulug‘ inson tushib qoldi. Buni sezmay qoldim. Harakatni davom ettirdim, keyin to‘xtadim. Oldiga borib, vaziyatni tushuntirganimda bolam, sen ketaver, o‘zimda ham xato bo‘ldi, hammasi yaxshi, deganlaridan keyin avtobusga o‘tirib, yana yo‘nalishimni davom ettirib ketdim. Holat boshqa takrorlanmaydi. Hammadan uzr so‘rayman”, — deydi haydovchi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Boshqa barcha haydovchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Izoh (0)