Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 5,01 so‘mga ko‘tarilib, 12 685,08 so‘m bo‘ldi. Yevro 19,93 so‘mga tushib, 13 749,36 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,20 so‘mga pastlab, 137,23 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 12 680,07 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Tijorat banklarida dollar sotuv kursi 5-aprel kuni 12 745 so‘mgacha chiqdi.
Izoh (0)