Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,07 so‘mga oshib, 12 680,07 so‘m bo‘ldi. Yevro 128,39 so‘mga ko‘tarilib, 13 769,29 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,30 so‘mga oshib, 137,43 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarilib, 12 668 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.