• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Aholining valyuta kursi o‘zgarishi va yoqilg‘i-energetika narxlari oshishidan xavotiri yuqori — Markaziy bank

    Fevral oyida aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari 13 foizni, tadbirkorlik subyektlariniki 12,7 foizga teng bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank respondentlar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomaga tayanib maʼlumot berdi. 

    Inflyatsiya kutilmalarining omillar ro‘yxatida valyuta kursi o‘zgarishi hamda yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashuvi xavotirlari eng yuqori darajada oshgan. Xususan, aholining 56 foizi, korxonalarning 57 foizi valyuta kursining o‘zgarishidan eng ko‘p xavotir bildirgan.

    Shu bilan birga, aholining 54 foizi, biznesning 49 foizi kelgusida narxlar oshishi aynan yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishi hisobiga yuz beradi, deb hisoblamoqda.

    Aholi va tadbirkorlarda kommunal xizmatlar narxi ko‘tarilishi bilan bog‘liq kutilmalar 34–39 foiz, transport qimmatlashishi bo‘yicha 33–35 foiz atrofida shakllangan. 

    Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari qimmatlashishi hamda transport xarajatlari oshishini qayd etgan respondentlar ulushi oshgan bo‘lsa, narxlarni sunʼiy ko‘tarilishini omil sifatida belgilagan respondentlar ulushi kamaygan.

    Aholining eng yuqori inflyatsion kutilmalari tibbiyot sohasida (15,5 foiz) qayd etilgan. Kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha eng past kutilmalar qishloq xo‘jaligi sohasida (11,3 foiz) kuzatilgan. Tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori inflyatsion kutilmalari madaniyat va transport sohalarida (13,6 foiz) bo‘lsa, eng past inflyatsion kutilmalar hunarmandlar tomonidan (9,3 foiz) qayd etildi.

    Aholi va tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori inflyatsion kutilmalari Samarqand viloyati (15,8 – 16 foiz) va Toshkent shahrida kuzatilgan. Eng past kutilmalar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida (9,1 – 9,7 foiz) qayd etildi.

    Markaziy bank so‘rovi natijalariga ko‘ra, daromadlari 7 million so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari nisbatan yuqori darajada shakllangan.

    Fevral oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan biroz sekinlashib, 12,7 foizni tashkil etgan. Sezilgan inflyatsiya darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (16,1 foiz) va Sirdaryo viloyatida (13,9 foiz) qayd etilgan bo‘lsa, eng past sezilgan inflyatsiya darajasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,1 foiz) kuzatilgan.

    Markaziy bank yanvar–fevral oylarida aholi tomonidan bildirilgan narxlarda yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar bo‘yicha ham axborot bergan. So‘rovda qatnashganlar benzin va yoqilg‘i narxlaridagi o‘sish eng yuqori bo‘lganini aytgan. Yaʼni narxlar qimmatlashishi yanvarda 46 foizni, fevralda 51 foizni tashkil etgan. Keyingi o‘rinda yo‘lkira va tashish xizmatlari narxlaridagi o‘sish eng yuqori ekani qayd etilgan bo‘lib, yanvarda bu ko‘rsatkich 23 foizga, fevralda 32 foizga o‘sgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2024-yil fevralda O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi so‘nggi 8 yil ichidagi eng past darajaga tushib, 8,3 foizni tashkil etgandi.

    12.03.2024, 15:05   Izoh (0)   12023
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘tgan yili Rossiyadagi migrantlarimizning O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 39 foizga kamaydi” — Mamarizo Nurmurodov

    26.01.2024, 08:31

    O‘zbekistonda inflyatsiya 8 yil ichidagi eng past darajaga tushdi

    01.03.2024, 12:26

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    01.03.2024, 16:08

    O‘zbekistonliklar mablag‘larini asosan nimaga sarflamoqda?

    02.03.2024, 10:55

    O‘zbekistonning 2016–2023-yillarda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsuloti qanday o‘zgardi?

    06.03.2024, 19:11

    UzAuto Motors Cobalt modelini yangilaydi. Buning uchun qancha mablag‘ sarflanadi?

    04.03.2024, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.