O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev (36-8-2) UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 31-mart tongida o‘tkazdi.
UFC on ESPN turnirining asosiy kardida jang qilgan o‘zbekistonlik sportchiga Sedrik Dyuma (9-2) raqiblik qildi.
Jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Nursultonning ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi texnik nokaut qayd etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ro‘ziboyev ushbu jangdan 28 ming dollar ishlab topgan. Ushbu puldan 12 ming dollari jangga chiqqani uchun, 12 ming dollar esa g‘alaba uchun berilgan. Shuningdek, 4 ming dollar homiylik bonusi sifatida berilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu Nursulton uchun UFC’dagi ikkinchi, MMA’dagi ketma-ket 10-g‘alabasi bo‘ldi.
Izoh (0)