O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev (36-8-2) UFC promoushenidagi navbatdagi jangini 31-mart tongida o‘tkazdi.
UFC on ESPN turnirining asosiy kardida jang qilgan o‘zbekistonlik sportchiga Sedrik Dyuma (9-2) raqiblik qildi.
Jang 1-raunddayoq yakuniga yetdi. Nursultonning ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi texnik nokaut qayd etdi.
Bu Nursulton uchun UFC’dagi ikkinchi, MMA’dagi ketma-ket 10-g‘alabasi bo‘ldi.
Izoh (0)