O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar–fevral oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 195 ta yuridik shaxs tomonidan 173,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 35,5 mlrd so‘mi, yaʼni 20,5 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Ularning jami tovar aylanmasi 449 mlrd so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 8 mlrd so‘m.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS — 13,6 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i — 10 mlrd so‘m;
- JSHODS — 9,1 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar — 2,8 mlrd so‘m.
Izoh (0)