O‘zbekistonda 2024-yil yanvar-fevral oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 151 ming 387 ta yuridik shaxs tomonidan 3,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shundan 326,1 mlrd so‘mi, yaʼni 8,7 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 7,5 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 162,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 98,7 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i – 84,5 mlrd so‘m;
- JSHODS - 51,8 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i - 47,7 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 27,6 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 6 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 2,7 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 7,1 mlrd so‘m.
Izoh (0)