O‘zbekistonda 2024-yil yanvar-fevral oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 ming 718 ta yuridik shaxs tomonidan 1,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shundan 194,6 mlrd so‘mi, yaʼni 12,5 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi qariyb 1,6 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 8,1 mlrd so‘m.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan taʼminlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS - 98,3 mlrd so‘m;
- foyda solig‘i - 34,8 mlrd so‘m;
- JSHODS - 27,2 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 19,4 mlrd so‘m;
- yer solig‘i - 2,2 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i - 2 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 10,7 mlrd so‘m.
Izoh (0)