Andijonda ishlab chiqarish sexini elektr tarmog‘iga ulab berishni vaʼda qilgan ETK muhandislari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yog‘och mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln so‘m evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmog‘iga ulab berishini vaʼda qilib, ushbu pullar hisobidan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)