Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holati fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Sherobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “B.T.” MCHJ masʼul shaxslari MCHJ muzlatkich omborxonasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulanib, jami 269,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “O‘zenergoinspeksiya” O‘zbekistonda 2024-yilning o‘tgan davrida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 215 milliard 648 million so‘m zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Izoh (0)