Prezident qarori bilan, Azim Ahmedxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan, Azim Ahmedxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan Baxram Mansurov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod etildi.

Shuningdek, Baxtiyor Mamatkarimov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Azizxo‘ja Qobilov energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Izoh (0)