• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, obrazini qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktyorlar

    Ba’zan kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lishning o‘zi ham olamshumul mashhurlik olib kelishi mumkin.

    Hit Lejer — Joker

    Kristofer Nolan Hit Lejerni Joker roliga tasdiqlaganini e’lon qilganida, DC Comics muxlislari internetda qattiq norozilik bildirishadi: “Joker rolida qandaydir yoqimtoy bola? Bo‘lishi mumkinmas!”; “Joker — qo‘rquv uyg‘otadigan aktyor ijro etishi kerak bo‘lgan qahramon. Shunchaki omadi kelgan yigitcha emas.”

    Ammo film kinoteatrlarga chiqishi bilan o‘sha muxlislar tillarini tishlashga majbur bo‘lgan. 2009-yil fevral oyida Joker Lejerga ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun vafotidan keyin “Oskar”ni taqdim etdi.

    Gal Gadot — Mo‘jizakor ayol

    Amazonkalar malikasi Diana roli uchun film prodyuserlar Sandra Bullok, Ketrin Zeta-Jons, Anjelina Joli, Beyonse va hatto Merayya Kerini ham sinab ko‘rishgan. 2013-yilda rejissyor Zak Snayder nihoyat isroillik aktrisa va model Gal Gadot “Mo‘jizakor ayol” rolini o‘ynashini e’lon qiladi. Bu ham muxlislar noroziligiga sabab bo‘ladi: ular Gadotning nozik va ozg‘inligini tanqid qilishadi.

    Biroq Gadot bu hujumlardan qo‘rqmaydi. Natijada uning amazonka malikasi obrazi “Betmen Supermenga qarshi” filmidagi eng hayratlanarli obrazlardan biriga aylanadi va keyingi “Mo‘jizakor ayol” superqahramonlar kinosi tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlar beshligiga kiradi.

    Maykl Kiton — Betmen / Bryus Ueyn

    1989-yilda Maykl Kiton jamoatchilikka komedik aktyor sifatida tanilgandi. Rejissyor Tim Byorton keyingi Betmenni Maykl o‘ynashini e’lon qilganida, muxlislar Warner Bros kinokompaniyasini norozilik xatlari bilan to‘ldirib yuborishadi — jami 50 mingdan ortiq xat keladi.

    Biroq barcha qo‘rquvlar behuda bo‘lib chiqadi. Betmen rolidagi Kiton va Joker rolidagi Jek Nikolson dueti Gotem superqahramonlari tarixidagi eng muvaffaqiyatlilardan biriga aylanadi.

    Meril Strip — Miranda Pristli

    2023-yil dekabr oyida “Qattiqqo‘l xonim” (2006) prodyuseri Vendi Finerman “Gollywood Gold” podkastida rejissyorlar dastlab Miranda Pristli rolini Meril Strip ijro etishini xohlamaganliklarini aytadi.

    Loren Vaysbergerning shu nomdagi kitobi asosida rejissyor Devid Frankel tomonidan suratga olingan “Qattiqqo‘l xonim” filmi 2006-yilda chiqarilgan. U Meril Stripga komediyadagi eng yaxshi ayol roli uchun “Oltin globus” mukofotini va eng yaxshi bosh roldagi aktrisa uchun “Oskar” nominatsiyasini taqdim etadi.

    Deniel Kreyg — Jeyms Bond

    2005-yilda Pirs Brosnanning davomchisi Bond muxlislariga shunchalik yoqmaydiki, ular hatto craignotbond.com veb-saytini yaratib, u yerda Deniel Kreygga nisbatan norozilik bildirishadi.

    Ammo Deniyel Kreyg ijro etgan “Royal kazinosi” filmi butun dunyo bo‘ylab 600 million dollardan ortiq daromad keltirgan holda tarixdagi eng yuqori daromadli Bond haqidagi filmga aylanadi.

    Mark Ruffalo — Xalk

    Dramalardagi rollari bilan mashhur bo‘lgan aktyor Mark Ruffalo uchun ulkan, yashil yirtqich maxluq rolini o‘ynash dastlabki tajriba edi. “Bu juda jasur yoki noadekvat tanlov”, deb yozgandi o‘sha paytda Daily Telegraph jurnalisti.

    Prodyuserlarning jasorati o‘zini oqlaydi. Ruffalo ijro etgan Xalk Marvel’ning eng yaxshi obrazlaridan biriga aylanadi.

    Kichik Robert Dauni — Temir odam

    1990-yillarda kinostudiyalar kichik Dauni bilan hamkorlik qilishni istamaydi: kokainga qaramlik, mast holda mashina haydaganlik uchun jarimalar va uylarga bostirib kirish ayblovlari aktyorning obro‘sini tushirgandi.

    Biroq Jon Favro tavakkal qilishga qaror qiladi va o‘zining “Temir odam” filmida bosh rolga kichik Daunini tasdiqlaydi va u adashmaydi. Toni Stark haqidagi filmlar Marvel’ning eng muvaffaqiyatli moslashuvlaridan biri hisoblanadi va Robertning o‘zi 2015-yilda dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlar ro‘yxatida yetakchilik qilgan.

    27.03.2024, 09:51   Izoh (0)   10088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Har qanday sohada erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film

    21.03.2024, 10:40

    Muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar amal qiladigan 10 qoida

    25.03.2024, 18:31

    Oyiga 130 ming dollargacha: mashhur ayollar go‘zallik muolajalari uchun qancha pul sarflaydi?

    25.03.2024, 11:11

    Amerika prezidentlari va Gollivud yulduzlari uchun kostyumlar yaratgan Martin Grinfild vafot etdi

    25.03.2024, 20:10

    “Oz mamlakatiga sayohat” filmi qahramoni Dorotining tuflisi auksionga qo‘yildi

    25.03.2024, 14:07

    Qirollik oilasida navbatdagi tashvishli tashxis: Keyt Middlton saratonga chalinganini ma’lum qildi

    23.03.2024, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.