Bugun, 25-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
![](/static/2024/Fozilbek/2eRwgT16964189940006_lg.jpg)
Qayd etilishicha, davlat rahbari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechiradi va yirik energetika obyektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi.
Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga oxirgi marta 2023-yilning fevralida borgan edi. O‘shanda davlat rahbari Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishgan, Namangan shahrida biznes vakillari, tadbirkorlar bilan muloqot qilgan edi.
Izoh (0)