• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskvada terakt: fojia ortida kim turibdi?

    Joriy yilning 22-mart kuni tunda Rossiyaning Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida terakt sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 133 kishi halok bo‘lgan, 182 kishi yaralangan. Ushbu terroristik harakatni ISHID o‘z zimmasiga oldi. 24-mart Rossiyada milliy motam kuni deb eʼlon qilindi.

    “Daryo” ushbu mavzu atrofida iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul va Oybek Sirojovlar bilan suhbatlashdi.

    — Dastlab, ro‘y bergan fojia to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tsak.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Moskva viloyatida yuz bergan voqea g‘ayriinsoniy terror hisoblanadi. Ushbu hodisa haqida axborot juda ko‘p. Hozir teraktning tafsilotlari aniqlanmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, 145 nafar inson halok bo‘lgan, o‘nlab insonlarning ahvoli og‘ir. Hozir tomonlar bir-birini ayblashga kirishib ketgan.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Har qanday terakt kutilmagan holatda yuz beradi. Eng yomoni, bu tinch aholiga qaratilgan bo‘ladi. Bu hodisa 2004-yilda Beslandagi maktabda yuz bergan teraktdan keyingi eng mudhish terakt sifatida eʼtirof etilmoqda.

    — 7–8-mart kunlari Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt sodir etmoqchi bo‘lgan ISHIDning Afg‘onistondagi Xuroson bo‘limi aʼzolarini qo‘lga olgan edi. Bundan tashqari, AQSH razvedkasi ogohlantirish bilan ham chiqqandi. Nega Rossiya bunday ogohlantirishlarga eʼtibor qaratmadi?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Haqiqatan ham, dastlab Amerika Qo‘shma Shtatlari, keyin esa Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarining elchixonalari Moskva yaqinidagi fuqarolarini ogohlantirgan edi. Bundan tashqari, AQSH razvedkasi rossiyalik hamkasblariga terakt haqida axborotlarni taqdim qilgan. Lekin 19-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlik masalasida katta yig‘ilish o‘tkazib, bu ogohlantirishlarni shantaj deb atagan edi. Shundan 3 kun o‘tib, terakt yuz berdi. Hali ko‘p maʼlumotlar ochiqlangani yo‘q. Hozir har bir tomonning ushbu teraktga qarashi turlicha.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi
    Foto: “Daryo”

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Nazarimda, G‘arbning ogohlantirishlaridan keyin Rossiyaning xavfsizlik tizimi asosiy eʼtiborni saylovga qaratdi va xavfsizlik kuchaytirildi. Prezidentlik saylovi o‘tgach, Putin xavfsizlik tizimi vakillari bilan uchrashib, G‘arbning ogohlantirishlari shantaj ekanligini, ammo hushyorlikni yo‘qotmaslikni taʼkidlagan edi.

    Terakt qayerda va qachon yuz berishini aniqlash juda murakkab masala. Misol uchun, 2001-yil 11-sentyabr kuni AQSHda yuz bergan terroristik harakat bo‘yicha aynan Rossiya Amerikani ogohlantirgan edi. Lekin shunga qaramasdan terakt yuz bergan. Yaʼni ogohlantirish o‘z yo‘liga, biroq terroristik harakatni aniqlab, uning oldini olish murakkab masala.

    — Bu teraktni ISHID o‘z bo‘yniga oldi. Lekin Rossiya ushbu ishda Ukraina va G‘arbning qo‘li borligini iddao qilmoqda. AQSH va Yevropa davlatlari Ukrainaning aloqasi yo‘qligini taʼkidlamoqda. Bu teraktni kim va nima maqsadda amalga oshirgan bo‘lishi mumkin?   

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Bu teraktni kim uyushtirgani haqida 4 ta qarash mavjud. Birinchisi — ISHID o‘z saytida bu ishni amalga oshirgani haqida maʼlumot berdi. Ularning taʼkidlashicha, bu terakt orqali Suriya, Afg‘oniston va Checheniston uchun Rossiyadan o‘ch olishgan. G‘arb matbuoti ham buni tasdiqlamoqda. Ammo Chechenistondagi urush harakatlariga salkam 20 yil bo‘ldi. 20 yil o‘tib, bu urush ISHIDning yodiga tushib qolishi biroz shubhali. Lekin 2015-yilda Rossiya Suriyada ISHIDga qarshi kurash uchun o‘z harbiylarini kiritgan va Suriyadagi fuqarolar urushi davri (2015–2017)da Rossiya harbiy kuchlari eng katta gumanitar inqirozni keltirib chiqargan. Rossiya harbiylari 1,5 million nafar aholiga ega bo‘lgan Aleppo shahrini to‘liq yo‘q qilgan edi.

    Ikkinchisi — Rossiya bu teraktda asosan G‘arb va Ukrainani ayblamoqda. Rossiya televideniyesi hali tergov va sud jarayonlari tugamasdan turib, bu ish ortida AQSHning quloqlari ko‘rinayotgani, Amerika bu teraktni Ukraina qo‘li bilan amalga oshirganini iddao qilmoqda.

    Uchinchisi — G‘arb esa bu ishni ISHID amalga oshirganini taʼkidlamoqda. G‘arb talqiniga ko‘ra, Rossiyaning G‘arbni ayblashidan bosh maqsadi — xalqni Ukrainaga qarshi urush uchun oyoqqa turg‘izish. Lekin boshqa ayrim tahlilchilarning fikricha, bu teraktni Rossiyaning o‘zi amalga oshirgan. Misol uchun, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ochiqchasiga Putinning o‘zini aybladi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bundan ko‘zlangan 3 ta maqsad bor. Birinchidan, Rossiya xalqini Ukraina va G‘arbga qarshi hukumat atrofida birlashtirish. Chunki Rossiya xalqi urush cho‘zilib ketganidan norozi. Misol uchun, Aleksandr Navalniyning vafoti munosabati bilan 50 mingga yaqin odam namoyishga chiqqan. Shuningdek, prezidentlik saylovida ham norozilik harakatlari yuz berdi. Ikkinchidan, yaqinda yangi mobilizatsiya eʼlon qilinishi mumkin va shunga xalqni tayyorlash. Uchinchidan, yuz bergan terakt ortidan Ukrainani yanada ko‘proq bombardimon qilish. Chunki Rossiya o‘z sanoatini harbiy sanoatga o‘tkazdi. Masalan, oxirgi ikki kun ichida Rossiya 150 ta raketa va dron bilan Ukrainani shafqatsizlarcha bombardimon qildi.

    Hozirda neytral bo‘lgan mamlakatlar kim aybdor ekanligi aniqlanib, qatʼiy jazo tayinlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozir dunyoning bu voqeaga reaksiyasi shundan iborat.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Terakt sodir bo‘lganidan 2 soat o‘tib, AQSH ushbu voqealarni ISHIDning Afg‘onistondagi Xuroson bo‘limi amalga oshirganini taʼkidladi. Eng qizig‘i, terakt hali bartaraf etilmasdan bunday bayonotlar chiqdi. Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, bu guruh asosan Afg‘onistonda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda ularning soni mingga yaqin. Ular na moliyaviy, na harbiy jihatdan boshqa mamlakatlarda terakt uyushtirishga qurbi yetadi.

    Ushlangan terrorchilar bu ishni pul evaziga qilganini tergov jarayonida aytib o‘tdi. Demak, bu ish boshqa uchinchi tomonning qo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Yana bir jihat, ISHID amalga oshirgan teraktlarning aksariyatida terrorist o‘zini o‘zi portlatib yuborgan. Qizig‘i, bu terrorchilar qochib ketgan.

    Terroristlar Ukraina chegarasiga qochgani tufayli Rossiya ularni Ukraina yollagan, deb iddao qilmoqda. Chunki bunday teraktlar Ukraina tomonidan bir necha bor uyushtirilgan. Bundan tashqari, Ukraina xavfsizlik rahbari “biz Rossiyaga hali ko‘p taʼsir ko‘rsatamiz”, deya bayonotlar bergan edi.

    Agar bu ishni “Rossiyaning o‘zi amalga oshirgan”, degan versiyani tahlil qilib ko‘rsak, bu yerda ham o‘ziga xos mantiqsizlik bor. Chunki bugun Rossiyada oldin eʼlon qilingan mobilizatsiya o‘z kuchida. Yangi mobilizatsiya eʼlon qilishga hojat yo‘q. Shuningdek, har qanday terakt maxsus kuchlarning mag‘lubiyati hisoblanadi va ularni obro‘sizlantiradi. Yaʼni aksariyat hollarda ular bunday terakt o‘tkazishdan manfaatdor emas. Lekin oxirgi vaqtlarda qaysidir mamlakatda terakt yuz bersa, buni o‘sha yerdagi hukumatning o‘zi uyushtirgan, degan konspirologik qarash mavjud. Mening nazarimda, hamma narsa oshkor bo‘lishi kerak. Yaʼni buni kim amalga oshirgani aniqlanishi va chora ko‘rilishi lozim.

    Har qanday terroristik harakatdan mavjud siyosiy kuchlar foyda olishga harakat qiladi. Masalaning murakkabligi ham shunda. Agar oxirgi vaqtlarda Rossiya-Ukraina urushida yuz bergan voqealarni tahlil qilsak, har ikki tomon muzokaralar stoliga o‘tirish masalasini ko‘rib chiqayotgan edi. Lekin bu orada Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning chiqishi dard ustiga chipqon bo‘ldi.

    Hozir Rossiyada 5 milliondan ortiq Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ishlash uchun borgan fuqarolar bor. Bugundan boshlab ularning yashash joylarini tekshirish boshlangan. Ularning orasida noqonuniy yurgan fuqarolar ko‘p. Nazarimda, endi noqonuniy yurgan migrantlarni frontga jo‘natish kuchayishi mumkin. Kalavaning uchini tomonlar qanday qaror qabul qilishdan kelib chiqib topish mumkin bo‘ladi.

    Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zali
    Foto: travelvesti.ru

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — Rossiya terroristlar Ukrainaga qochmoqchi bo‘layotganini taʼkidlamoqda. Lekin Belarusning Moskvadagi elchisi Belarus maxsus kuchlari terroristlarni qo‘lga olishda ishtirok etgani, terrorchilar Belarusdan 16 kilometr uzoqlikda qo‘lga olinganini aytdi. Bu gaplar rasmiy Moskva aytayotgan gaplarga mutlaqo teskari.

    Terrorchilarni qo‘lga olish jarayoni aks etgan videolavhalar tarqaldi. Tergov natijalariga ko‘ra hamma narsa ayon bo‘ladi, deb o‘ylasak, soddalik bo‘ladi. Chunki tergovni Rossiya olib boradi. Bundan tashqari, Rossiya hukumati va butun matbuoti faqat bir tomonni ayblab qo‘yishi tergov va surishtiruvning obyektiv amalga oshirilishida katta shubhalar uyg‘otadi. Terrorchilar Zelenskiyning qo‘lidan pul oldik, deyishi ham mumkin. Sababi ularni qanday “sayratish” Rossiyaning qo‘lida.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Hozir G‘arb ham tergov jarayonlari shaffof bo‘lishiga ishonmayapti. Qizig‘i, terrorchilar ishni bajarib bo‘lgach, bemalol mashinaga o‘tirib qochib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar ham yetib kelishi kerak bo‘lgan vaqtdan ancha kechikib kelgan. Hozir biz faqat maʼlumotlarni OAVlardan olmoqdamiz. Hali rasmiy maʼlumot berilganicha yo‘q. Endi ko‘p narsa Putinning qanday qaror qabul qilishiga bog‘liq.

    Ayni damda Rossiya-Ukraina urushi global urushga aylanib ketishi ehtimoli katta. Shuning uchun urushni tezroq tugatish kerak. Mana shunday teraktlar ehtiroslarni junbishga keltirib, keskin qaror qabul qilishga olib keladi. Bu voqea Rossiya harbiylari fuqarolik obyektlarini yoki hukumat binolarini bombardimon qilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Undanda xavflisi, Rossiya Ukrainada joylashgan atom elektr stansiyalarini portlatishi mumkin. Bu global halokatga olib keladi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos
    Foto: “Daryo”

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    — ISHID Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham real xavf hisoblanadi. Bu morginal tashkilot, ularning o‘z dunyoqarashlari mavjud. Eng yomoni, mintaqada bularga yon bosuvchi qatlam mavjud. Bu maʼnoda O‘zbekiston uchun ham xavf bor. Agar kimdir pul bersa, pul evaziga shunday yovuzlikni qiladigan insonlar topilar ekan.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    — Bugun Afg‘oniston hududida nafaqat ISHID, balki 100 dan oshiq terroristik guruhlar mavjud. Chunki “Tolibon” hali Afg‘onistonda barqarorlikni o‘rnatganicha yo‘q. Shuning uchun bunga yechim sifatida xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarur. Agar o‘sha binoda qurollangan bir nechta xavfsizlik xodimi bo‘lganida, balki terrorchilar bu ishni amalga oshira olmagan bo‘larmidi? Bu oddiy fuqarolarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Lekin xavfsizlikni bundanda qulayroq tarzda taʼminlashning iloji yo‘q.

    Jurnalist Sardor Ali suhbatlashdi

    25.03.2024, 15:25   Izoh (0)   16076
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Crocus’dagi teraktda ayblangan to‘rt kishi hibsga olindi. Ular haqida nimalar ma’lum? 

    25.03.2024, 09:01

    ISHID Crocus’ga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu qanchalik ishonarli? 

    25.03.2024, 11:40

    Ozarbayjon fuqarosi Crocus’dagi terakt vaqtida 100 dan ortiq odamni qutqardi (video)

    25.03.2024, 11:50

    Pokistonda xavfsizlik kuchlari tergov idorasi xodimlarini kaltakladi (video)

    25.03.2024, 14:40

    AQSH—Meksika chegarasida yarim yilda qariyb 1 million migrant hibsga olindi

    25.03.2024, 13:20

    AQSH va Yaponiya Xitoy hamda KXDRga qarshi turish uchun mudofaa shartnomasini yangilamoqchi — Financial Times

    25.03.2024, 12:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OPPO Reno12 F — sun’iy intellekt olamiga qadam qo‘ying


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mikrokreditbank ko‘magida "Romstar" korxonasining eksport salohiyati oshmoqda


    Chorvoqda suv bo‘yidagi yagona, noodatiy dam olish maskani ochildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    AKFA Group xolding: Qoraqalpog‘istonda yangi ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Yevropa Chempionlar Ligasining yangicha formati: asosiy o‘zgarishlar va buning muxlislarga qanday foydasi bor?

    30.08.2024, 10:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy O‘zbekistondagi uchta kompaniyaga sanksiya qo‘lladi

    O‘zbekiston | 11 may, 20:20

    Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 11 may, 20:09

    Lab bo‘yog‘i nega uzoq turmaydi: siz bilmagan 5 xato

    Layfstayl | 11 may, 19:50

    Makron Ukrainaga qancha harbiy yuborilishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 11 may, 19:21

    Shri Lankada ziyoratchilar bo‘lgan avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 11 may, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.