• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Crocus’dagi teraktda ayblangan to‘rt kishi hibsga olindi. Ular haqida nimalar ma’lum?

    Moskva viloyatidagi Crocus City Hall dagi terakt ishi bo‘yicha to‘rt nafar gumonlanuvchi ikki oyga hibsga olindi va uyushgan guruh tarkibida terakt sodir etishda ayblandi.

    Foto: “Mediazona”

    Moskvaning Basmanniy sudi ayblanuvchilar o‘z aybini to‘liq tan olganlarini ma’lum qildi. To‘rt nafar ayblanuvchi kaltaklanish belgilari bilan, jumladan, qulog‘i kesilgan, boshi bog‘langan holda va nogironlar aravachasida sudga olib kelingan.

    Sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tgan. Sud Fayzov va Fariduni o‘z aybiga iqror bo‘lgan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan. Faqat ikki kishi aybiga iqror bo‘lgani ma’lum, bular: Dalerjon Mirzoyev va Saidakrami.

    Fayzov, boshqa hibsga olingan sudlanuvchilar singari, uyushgan guruh tarkibida odam o‘limiga olib kelgan teraktda ayblanmoqda (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi “b” bandi). Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, u konsert majmuasiga uyushtirilgan hujumni videoga olgan.

    Ayblanuvchi haqida nimalar ma’lum bo‘ldi:

    Dalerjon Mirzoyev — 32 yosh, Tojikiston fuqarosi, oilali, to‘rt nafar voyaga etmagan farzandi bor. Novosibirskda uch oylik ro‘yxatdan o‘tgan, lekin muddati tugagan. Rossiyada rasmiy ravishda ishlamaydi. Aybini tan olgan.

    Foto: Dalerjon Mirzoyev /  “TASS”

    Saidakrami Rachabalizoda – 1994-yilda tug‘ilgan (30 yosh), Tojikiston fuqarosi, oilali, farzandi bor. Ro‘yxatdan o‘tgan, lekin qayerda ekanini eslay olmadi. Aybini tan olgan.

    Foto: Saidakrami Rachabalizoda / AFP

    Shamsidin Fariduni — 1998-yilda tug‘ilgan (25 yosh), Tojikiston fuqarosi, oilali, sakkiz oylik farzandi bor. Krasnogorskda ro‘yxatdan o‘tgan, zavodda ishchi sifatida ishlagan.

    Foto: Shamsidin Fariduni / “TASS”

    Muhammadsobir Fayzov — 2004-yilda tug‘ilgan (19 yosh), Tojikiston fuqarosi, uylanmagan, farzandi yo‘q. Ivanovoda ro‘yxatdan o‘tgan va ilgari sartarosh bo‘lib ishlagan.

    Foto: Muhammadsobir Fayzov / “Moskva” 

    Ayblanuvchilar 500 ming rubl olishi kerak edi

    “Izvestiya”ning xabardor manbasiga ko‘ra, hujumni sodir etganlikda ayblanayotganlar umumiy 500 ming rubl olishi kerak edi. Mablag‘ning yarmi — 250 ming rubl — ularning bank kartasiga o‘tkazilgan.

    Bundan tashqari, ikki ayblanuvchi Turkiyada bo‘lganida ko‘rsatma olgan, qolgan ikki nafari allaqachon Rossiya hududida bo‘lgan.

    Crocus’dagi terakt: nimalar ma’lum?

    Crocus City Hall’dagi terakt 22-mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 133 kishi halok bo‘ldi, 182 kishi yaralandi. 

    23-mart kuni Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’da sodir etilgan terakt yuzasidan 11 kishi qo‘lga olindi. OAVda hibsga olinganlar orasida Tojikiston fuqarolari ham borligi haqida maʼlumotlar paydo bo‘ldi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylaridan mamlakat fuqarolarining teraktga aloqadorligi haqida maʼlumot olmaganini maʼlum qildi. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarini ommaviy tadbirlarda qatnashmaslikka chaqirdi.

    Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan kuni bir qator Telegram kanallarida Tojikistonning to‘rt fuqarosi teraktda ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqalib, ularning surati e’lon qilindi. Jumladan, Rivojiddin Islomov va Maxmadrasul Nasriddinovlarning ism-shariflari va fotosuratlari chop etildi.

    Keyinroq Tojikiston Ichki ishlar vazirligi Telegram kanallaridagi maʼlumotni rad etib, ushbu respublika fuqarolari 2023-yil 26-noyabr kuni Rossiyadan qaytib kelgani, terakt sodir bo‘lgan vaqtda Tojikistonda yashash joyida bo‘lganini maʼlum qildi. Respublika Ichki ishlar vazirligi ham ularning pasportlar bilan tushgan suratlarini chop etdi.

    Putin Tojikiston prezidenti bilan gaplashdi

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-mart kuni tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan teraktni muhokama qildi. Tojikiston prezidenti telefon suhbatida Moskva viloyatidagi teraktni qoraladi. Tojikiston va Rossiya terrorizmga qarshi birgalikda kurashni davom ettirish niyatini tasdiqladi. Emomali Rahmon “terrorchilarning millati, vatani, dini yo‘qligini” ta’kidlagan.

    Teraktdan so‘ng migrantlarga munosabat o‘zgardi

    Rossiya viloyatlarida Crocus City Hall’dagi teraktdan so‘ng muhojirlarga nisbatan yangi diskriminatsiya holatlari kuzatilmoqda. Aeroportda qirg‘izistonliklar ushlab turilgani, haydovchilarning millati surishtirilayotgani va ish beruvchilardan migrantlar haqida ma’lumot taqdim etish talab qilinayotgani aytilmoqda.

    Buning fonida Qrimdan davlat dumasi deputati Mixail Sheremet muhojirlarning Rossiyaga kirishini urush davomida cheklashni taklif qilgan. U Rossiyaga yaxshi niyat bilan keladigan xorijliklarni hurmat qilishi, afsuski, ularning ayrimlari “ko‘r-ko‘rona rus xalqiga zarar yetkazish” uchun foydalanilayotganini ta’kidlagan.

     

    25.03.2024, 09:01   Izoh (0)   32495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Crocus

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy: “Putin Crokus-City’ni Ukraina bilan bog‘lashga harakat qilmoqda” 

    24.03.2024, 10:06

    Medvedev Crocus'dagi teraktni tashkillashtirishda ishtirok etgan barchadan o‘ch olishga vaʼda berdi  

    24.03.2024, 15:45

    Rossiyada migrantlarga nisbatan yangi diskriminatsiya holatlari kuzatilmoqda — OAV (foto)

    24.03.2024, 23:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yadroviy portlash yer yuzida qanday oqibatlarga olib keladi?

    Dunyo | 12 avgust, 17:25

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    “Sud qarorini foydamizga chiqarmasang, bolalaringni o‘ldiramiz”— badavlat oilada ulg‘aygan va saratonni butunlay yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 46 yoshda (foto, v...

    Shou-biznes | 12 avgust, 17:10

    AQSHda erkak otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 12 avgust, 17:00

    Alexandro Garnacho “Manchester Yunayted” rahbariyatiga shart qo‘ydi

    Sport | 12 avgust, 16:55

    Qirg‘izistonda pornografik material saqlagan va tarqatganlar jazolanadi

    Qirg‘iziston | 12 avgust, 16:45

    Multfilmlar o‘rniga zerikish: mutaxassis bolalar uchun bo‘sh vaqtning foydali tomonlarini tushuntirdi

    Farzand | 12 avgust, 16:30

    “Isroil G‘azoda hech qachon tugamaydigan urush boshlamoqda” — Makron

    Dunyo | 12 avgust, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.