Pokiston tergov idorasining olti nafar xodimi xavfsizlik kuchlari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Ariana News xabar berdi.
24-mart kuni kuzatilgan hodisa Pokiston va Afg‘oniston chegarasi yopilishiga sabab bo‘lgan. Chegara xizmati tergov idorasi xodimlarini soxta sayohat hujjatiga ega bo‘lgan afg‘onistonlikni o‘tkazib yuborishga majburlagan. Xodimlar qarshilik qilgach, Pokiston xavfsizlik kuchlari ularni kaltaklagan.
Yaralanganlarning uch nafari kasalxonaga olib ketilgan va yana uch kishi xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan. Shundan keyin ular Pokiston tergov idorasiga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pokiston 18-mart kuni Afg‘onistonning ikki viloyatida havo hujumlari uyushtirgan edi. Bu Pokistonning harbiy postlaridan biriga uyushtirilgan hujumga javoban amalga oshirilgan. Xususan, 16-mart kuni Pokistonning Mir Ali shahrida amalga oshirilgan hujumda yetti nafar pokistonlik askar halok bo‘lgandi.
Izoh (0)