• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xavfsizlik desa ensamiz qotardi, lekin Moskva voqealari buning naqadar zarurligini isbotladi” — nuroniy otaxon

    O‘zbekistonda nishonlanadigan bayram tadbirlari davomida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar aksariyat kishilarning noroziligi va ensa qotirishiga sabab bo‘lardi. Kecha Moskvada sodir bo‘lgan terakt ham aynan shunday tadbirlarning birida sodir bo‘lgani va ko‘pchilikning o‘limi, jarohat olishiga olib kelgani bu kabi xavfsizlik choralari naqadar zarur ekanini isbotlab bergandek go‘yo. “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan qashqadaryolik otaxon tinchlik barcha dunyo xalqlariga birdek zarur ekanini gapirib berdi.  

    Ko‘p guvohi bo‘lganman. Bayram tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlarida xavfsizlikka javobgar bo‘lgan Ichki ishlar xodimlarining bizdan hujjat talab qilishi, xavfsizlik choralari sabab taqiqlangan harakatlarni, jumladan o‘tish mumkin bo‘lmagan joyga o‘tishga urinishimizni qoralashi bizga yoqmaydi. Biz, aynan o‘zbek xalqi tinchligimiz ta’minlangani uchun ham qo‘rqmas, botirdekmiz balki. Lekin xavfsizlik har qanday ko‘ngilsizlikning oldini olishini ko‘p ham tushunavermaymiz. Yoki tan olgimiz kelmaydi. Shu sababdanmi bundayin tadbirlarni uncha xushlamaymiz. Ammo kecha Moskvada sodir bo‘lgan terakt xavfsizligimizni ta’minlovchilar to‘g‘ri yo‘lda ekanini isbotlab berdi, — deydi Parda bobo.

    Otaxon yoshlar ko‘pincha tinchlik so‘zini kulgi aralash tilga olayotganini, uning tub mohiyatini to‘g‘ri anglamayotganini aytmoqda.

    Tinchlik deganda o‘zgalarni bezovta qilmaslik, tadbirlarni tinch va osoyishta, urush-janjalsiz o‘tkazishni, hayot va turmush tizimining bir me’yorda bo‘lishini tushunamiz. Oilada tinchlik va osoyishtalik hukm sursa, oila bardavom va mustahkam bo‘ladi. El-yurtda tinchlik va osoyishtalik davom etsa, mamlakat taraqqiyoti, farovonligi, yurt ahlining turmushi obod bo‘ladi. Bularni aks ettiruvchi muqaddas qadriyatlarimiz, milliy urf-odat va rasm-rusumlarimiz, dinimiz bevosita xotirjamlik silsilasiga uzviy bog‘liqdir. Oila va yurt notinch bo‘lsa, to‘y-tomosha, ko‘ngilxushlik, hazil-mutoyiba, hayot lazzatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson biror luqmani xotirjam yutmaydi, har qanday koshona uy-joy, mol-mulk, bola-chaqa inson tanasiga og‘irlik qiladi, — deydi suhbatdosh.

    Manbalarda keltirilishicha, notinchlik, urush sababidan oxirgi besh ming yilda uch milliarddan ziyod odam hayotdan ko‘z yumgan.

    Urushlar sababidan mehr-oqibat, insoniylik unutiladi. Har qanday ezgu amallar, ulug‘ maqsadlar poyoniga yetmaydi. Demak, xotirjamlik, osoyishtalik ne’matini so‘rashlikda dono xalqimiz nechog‘lik to‘g‘ri va go‘zal yo‘l tanlagan. Muqaddas dinimiz dasturi bo‘lmish Qur’on oyatlarida tinchlik-osoyishtalikka katta e’tibor qaratilib: “Qachon (Biz) insonga (tinchlik, salomatlik, farovonlikni) in’om etsak, u (shukr qilishdan) yuz o‘girib, o‘z holicha ketur. Qachon unga (xastalik, kambag‘allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo‘lur (Isro, 83)”,— deb marhamat qilinadi. Yaratgan bandalarini o‘zaro ittifoqlikda, ahillikda, tinchlik-omonlikda yashashga da’vat etib: “Agar mo‘minlardan ikki toifa o‘zaro urishib qolsalar, darhol ular o‘rtasini isloh etingiz! (Hujurot, 9)”, — deya xitob qiladi. Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqarorligini ta’minlash yo‘lida davlatimiz tomonidan katta ish olib borilayotgani bizning baxtimizdir. Shunga ko‘ra, biz ham tinch, osoyishta va farovon hayotning qadriga yetish, osuda turmushimizning barqarorligini ta’minlashda o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz lozim. Bu orqali hayotimiz farovonligiga erishamiz, — deydi suhbatdosh otaxon.

    Suhbatdosh insonlar mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlari, noshukrlik qilmasliklari lozimligini aytmoqda.

    Ming afsuski, bugungi to‘kin-sochinlik kunlarda ham ko‘pgina yoru-birodarlarimizni noliyotganiga guvoh bo‘lamiz. Axir, yetti muchasi sog‘ odam hamyonida mablag‘i yo‘q bo‘lsa, shunga nolishi kerakmi? Borib, shifoxonalarda qo‘l-oyog‘i yo‘q yoki xastalanib, ajalini kutib yotgan bemorlarni ko‘rsin-da, qanday buyuk ne’mat sohibi ekanligini his qilsin. Uy-joylari eskirib qolganiga noliyotganlar esa, uy-joysiz, ijarama-ijara yoki olisda Vatangado bo‘lib yurganlarni ko‘rsin. Zero, ne’matlar nihoyatda ko‘p, eng buyuk ne’mat – iymon, ilm ne’matlaridir. Shuni yodda tutishimiz zarurki, iymonning nuri ziyoda bo‘lishi, ilm-ma’rifatning ziyoda bo‘lishi uchun yana bir ne’mat bor. Bilasizmi bu nima? Halovat ne’mati. Bizga berganiga shukr qilsak, Alloh yanada ziyoda qiladi. Banda ikki qoidani bilib olishi kerak, ya’ni bir insonga ikki qanot kerak, bilasizmi u nima? Biri shukr, ikkinchisi sabrdir. Masalan: mashaqqat ustida sabr qilib, boriga shukr qilsak, Yaratgan O‘zining fazli ila yengillik ato qiladi. Yengillikda ham shukr qilsak, Alloh yanada ziyoda qiladi. Bizning hamyonimiz sabr va shukr bo‘lsin. Alloh taolo tinchlik ne’matini berdi degani endi bu ne’matga shukr qilish kerak degani. Aks holda bularni bizdan olib qo‘yishi mumkin. Tinchlik ne’mati bo‘lsa, ibodatimiz halovatli, hayotimiz farovon, kelajagimiz porloq bo‘ladi. Shunday ekan, insonlar nafaqat mavjud tinchlikning qadriga yetib, shukrini ado etishlari, balki unga noshukrlik qilib putur yetkazishdan ham saqlanishi lozim. Zero, tinchlik va xotirjamlikning ulug‘ ne’matligi doimo kundalik xayriyatlarimizning boshida eslanadi. Shunday ekan, Yaratgandan bir-birimizga tinchlik, ofiyat, xotirjamlik tilaylik. Alloh taolo tinchlik-osoyishtaligimizni hamisha barqaror, yurtimizni tinch, mehnatsevar xalqimiz hayotini farovon aylasin, — deydi suhbatdosh.
    24.03.2024, 00:25   Izoh (0)   11575
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda ajrashayotgan erkak MIB sabab xotini bilan yarashib oldi

    23.03.2024, 23:08

    Andijonda 100 mln so‘mdan ortiq “shtraf”ni to‘lamagan haydovchi jarima maydonchasi devoridan oshib qochdi (video) 

    23.03.2024, 22:46

    Toshkentda avtobusdan tushayotgan ayol yiqilishi oqibatida avtobus uni bosib ketdi

    23.03.2024, 22:11

    Namangandagi oddiy maktab o‘quvchilari xalqaro turnirda g‘alaba qozondi

    23.03.2024, 18:57

    Toshkent viloyatidagi yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning me’yori belgilanadi

    23.03.2024, 18:40

    O‘zbekistonda soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari e’lon qilindi 

    23.03.2024, 17:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55

    Isroil bosh vaziri ovqatdan zaharlandi

    Dunyo | 20 iyul, 20:40

    Eronliklarga tanqislik sabab suvdan kamroq foydalanish buyurildi

    Dunyo | 20 iyul, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.