Soliq qo‘mitasi soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 1-mart holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 88,1 milliard so‘mlik 56 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan. Shundan:
- soliq auditi bo‘yicha 77,8 milliard so‘mlik — 39 ta;
- sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha 10,3 milliard so‘mlik — 17 ta;
Natijada:
- 4,7 milliard so‘mlik 6 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
- 58,5 milliard so‘mlik 36 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
- 24,9 milliard so‘mlik 14 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
Izoh (0)