Toshkent viloyatidagi yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishning me’yori belgilanadi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda yaylovlardan samarali foydalanishning tashkiliy-uslubiy asoslari takomillashtirilib, yaylovlarni toifalash va ularning degradatsiyasini tabaqalashgan holda baholashning yagona uslubi ishlab chiqiladi.
Yaylovlarda chorva mollari bosimini kamaytirish, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshli integratsiyalashgan tizimni joriy etish orqali chorva mollarini o‘tlatishning real vaqt rejimida monitoringini olib borish, yaylov maydonlarini chiqindilar bilan ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar bajariladi.
Shu bilan birga, hududlarda yaylov urug‘chiligi bazasi rivojlantirilib, muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat nazorati, monitoring tizimi kuchaytiriladi. Yaylovlarda ihotalar barpo etiladi.
Izoh (0)