Daryo

Rossiyaga migrantlarning kirishini cheklash taklif qilindi 

Taklifni ilgari surgan deputat cheklov urush davomida amal qilinishi aytib, sababini tushuntirdi

1 daqiqa o‘qish23 674 ko‘rishlar0 izoh0

Qrimdan davlat dumasi deputati Mixail Sheremet muhojirlarning Rossiyaga kirishini urush davomida cheklashni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “Knews.kg”
“Maxsus harbiy operatsiya chog‘ida ichki xavfsizlikni taʼminlash maqsadida muhojirlarning mamlakatimizga kirishini cheklashni taklif qilaman, afsuski, chegarani kesib o‘tayotgan xorijliklar, birinchi navbatda, o‘zlariga xavf tug‘diradi, chunki ular avtomatik tarzda G‘arb razvedka xizmatlarining Rossiyada terrorchilik harakatlari uchun sharoit yaratish, shuningdek, vaziyatni beqarorlashtirish uchun qiziqish obyektiga aylanadi”, — deydi deputat.

Mixail Sheremet Rossiyaga yaxshi niyat bilan keladigan xorijliklarni hurmat qilishi, afsuski, ularning ayrimlari “ko‘r-ko‘rona rus xalqiga zarar yetkazish” uchun foydalanilayotganini ta’kidladi.

“Afsuski, hozirda odamlar qanday niyatda kirib kelayotganini aniqlashga vaqtimiz yo‘q, chunki barcha kuch va vositalar mamlakatimiz sarhadlarini himoya qilishga qaratilgan. Shuning uchun men maxsus operatsiya davomida muhojirlar Rossiyaga sayohatlarini istisno qilishi kerak, deb hisoblayman”, — dedi u.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar